Breaking News

Iroqda iftor paytida qonli portlash


Bag'dodda sunniy va shialar birga namoz o'qimoqda
Bag'dodda sunniy va shialar birga namoz o'qimoqda

"Amerika Ovozi" xabarlari, 13-iyul, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:35 0:00
Yuklab oling

Iroqning Kirkuk shahrida katta bir kafeda bir kishi o’zini portlatib, 38 kishining hayotiga zomin bo’lgan. 26 odam jarohatlangan.

Voqea 12-iyul, juma kuni iftor paytida yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, semiz ko’ringan bir shaxs restoranga kirib kelib, “Ollohu akbar” deya hayqirgan va portlab ketgan.

O’tgan ikki kun ichida Iroqda mana shu singari xurujlarda 60 ga yaqin odam halok bo’ldi.

Bag’dod va boshqa shaharlardagi masjidlarda shia va sunniy ulamolar ommani tinchlik va birdamlikka undamoqda.

Ro’za kunlarida mazhablararo nifoqqa toqat yo’q, sokin hayotga o’rganaylik, deydi imomlar. Lekin ular ham shia hukumatini noxolis siyosatda ayblaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG