To'fon yaqinlashayotgan Floridada o'zbeklar qay ahvolda?


Floridaliklar dovuldan qochmoqda

“Irma” to’foni AQSh tomon, xususan Florida shtatiga yo’nalgan. Karib orollarida bu tabiiy ofat o'nlab odamlarning boshini yedi.

Biz Floridadagi o’zbekistonlik oilalarlar bilan bog’landik. "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan o'zbeklardan biri olti oylik chaqaloq bilan ming kilometrga yaqin masofani bosib o’tgan. Ba’zilari nisbatan xavfsizroq hududlardagi mehmonxonalarga joylashgan.

Mayami shahrida yashovchi ayrim o’zbekistonliklar Orlando shahri tomonga ko'chgan. Lekin vaziyat o’zgarib, shtat bo’ylab favqulodda holat va majburiy evakuatsiya e’lon qilingach, politsiya eshikma-eshik yurib, aholini zudlik bilan hududni tark etishga da'vat etmoqda.

Ayrim o’zbekistonliklar Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, shuningdek Jorjiya, Tennessi va G’arbiy Virjiniya kabi shtatlarda vaqtincha qo'nim topmoqda.

Vaziyat og'irlashayotganiga qaramay, o'z uyini tark etishni istamayotganlar ham bor.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG