Breaking News

AQSh Suriyada Daishni nishonga olgan


Raqqa, Suriya
Raqqa, Suriya

AQSh yetakchiligidagi kuchlarning bildirishicha, Livandan kelayotgan “Islomiy davlat” to’dasi jangarilari kolonnasi Suriyada havo hujumiga uchragan.

Suriya-Livan chegarasida turib qolgan 600 dan ziyod jangari va ularning oilalari Hizbulloh, Livan va Suriya hukumatlari o’rtasidagi kelishuvga muvofiq Iroq chegarasi tomon olib ketilayotgan bo’lgan. Bag’dod bunga qarshilik bildirib, Bosh vazir Haydar Abadiy kelishuvni tanqid qildi.

“Jihodchilarning Iroq chegarasiga yaqinlashayotgani mamlakat xavfsizligi uchun tahdid”, dedi u.

AQSh prezidentining “Islomiy davlat”ga qarshi koalitsiyadagi maxsus vakili Brett Makgurkning Twitterda yozishicha, terrorchilarni Suriya bo’ylab Iroq tomon tashish emas, o’ldirish kerak.

Unga ko’ra, terrorchilarga Iroqqa kirishga imkon berilmaydi. Koalitsiya kolonna harakatini kuzatarkan, uni yana nishonga olishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG