Breaking News

“Islomiy yordam” Ramazonda yo'qsillarga oziq-ovqat ulashmoqda


Ko'ngillilar oziq-ovqatni qutilarga joylamoqda

Ramazon oyi avjida ekan, musulmonlar yo’qsillarga alohida e’tibor qaratmoqda. Amerikadagi “Islomiy yordam” tashkiloti nafaqat AQSh shaharlarida, balki 40 dan ziyod mamlakatlarda muhtojlarga qadoqlangan oziq-ovqat tarqatmoqda.

Xalqaro hayot - 25-may, 2018-yil - Ramazonda xayrli ishlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00

“Amerika Ovozi” Vashington yaqinidagi bir masjidda bo’lib, xayriya tashkilotidan yordam olgan odamlar bilan suhbatlashdi.

Fols-Chyorch (Fall Church) shahridagi “Dorul Hijra” markazida ibodatga qatnaydigan marokashlik Malika Abumarekning aytishicha, “Islomiy yordam” ulashayotgan oziq-ovqat uning besh kishidan iborat oilasi mushkulini yengil qilmoqda.

“Guruch, shakar, yog’ oldik. Mahallimizdagi yo’qsil do’stlarim ham bu yordamdan xursand”, - deydi u.

Masjid xodimi Tahani Jabarinning aytishicha, asosan Lotin Amerikasi, Iroq va Suriyadan kelgan qochqinlar xayriyani qabul qilmoqda.

“Eng ko’p muhtojlar Suriyadan. Oiladagi erkaklar ish qidirmoqda, ammo magistrlik darajasi bilan ham hozir ish topish qiyin”, - deydi Jabarin.

Ramazon oyidan oldin “Islomiy yordam” tashkiloti ko’ngillilari Virjiniya shtatida joylashgan mana bu omborxonada oziq-ovqat mahsulotlarini qutilarga joylashtirishda qarashdi. Mingga yaqin qutilarni Vashington atrofidagi musulmon bo’lmagan aholi bilan ishlovchi ijtimoiy yordam guruhlariga tarqatishdi.

“Odamlarni diniga, rangiga, kelib chiqishiga qarab ajratmaymiz. Mahsulotlarni Ramazonda tarqatayotgan bo’lsak-da, turli e’tiqodga mansub muhtojlar ulardan bahramand bo’lmoqda”, - deydi tashkilot xodimi Said Durra.

Ba’zi ko’ngillilar oila bo’lib yordamlashmoqda.

“Odamlarga yordam berishni yaxshi ko’raman, ayniqsa Ramazonda, axir eng yaxshi fazilatlarimizni namoyish etadigan oy bu”, - deydi Siren Dovud.

“Xayriya islom dinidagi besh ustundan biri, o’shani bajarishga harakat qilyapmiz”, - deydi Shoma Islom.

Xana Bensodiq yordam berish uchun Virjiniya janubidan kelgan.

“Oilam bilan mashinada besh soat yo’l yurib bu yerga keldik. Insonlar hayotiga yengillik bag’ishlashni, foyda keltirishni istaymiz”, - deydi u.

Muhtojlar yordam uchun minnatdor.

“Ramazon oyida oilam ancha yengil tortadigan bo’ldi”, - deydi Turis Sodiq.

Bu ayol va unga o’xshagan yo’qsil oilalar dasturxoni iftorda endi bo’sh bo’lmasligi aniq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG