Breaking News

Afg'onistonda jangarilar 12 yoshli bolani qatl etdi


Juzjon viloyati

Afg'oniston shimolida 12 yoshli bola qatl etilgan. Qotillar, deydi mahalliy rasmiylar, "Islomiy davlat" jangarilari. O'smir politsiyaga yordam bergani uchun jazolangan, aynan suv va ovqat tashigani uchun.

“Pochchasi politsiyachi bo'lgan, jangarilarga qarshi kurashgan. Oldin terrorchilar ayollarni ham shunday o'ldirgan", - deydi Lutfulla Aziz, Juzjon viloyati hokimi.

"Islomiy davlat" ayniqsa Nangarhor viloyatida faol, lekin oxirgi yillarda Juzjonda ham kuchaygan.

“Qo'sh Tepa va Darzab tumanlarida xotin-qizlar ham jangarilar safiga kirgan", - deydi Babar Eshchi, Juzjon viloyati kengashi raisi.

Har ikki viloyatda terrorchilarga qarshi harakatlar avjida. Jangarilar ichida o'zbeklar katta sonni tashkil etadi, deydi rasmiylar, lekin aniq sonini bilishmaydi.

Kecha Nangarhorda 19 terrorchi yo'q qilingan. AQSh qo'mondoni general Jon Nikolson deydiki, "Islomiy davlat" yaqin orada butkul mag'lub bo'ladi, chunki oxirgi paytlarda ko'palb janglarni boy bergan.

Biroq uning harbiy jihatdan yo'q qilinishi mafkuraviy kurash ham to'xtaydi degani emas. "Islomiy davlat" yangi a'zolar olib yana jonlanishi mumkin. Terrorchi guruhlar oyoqqa turmasligi uchun muhit o'zgarishi kerak, deydi ekspertlar, tirikchilik osonlashishi, hukumat xalq dardini eshitib, chora ko'rishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG