Abdurahmon O'zbekiy Suriyada yo'q qilingan

  • Amerika Ovozi

Istanbul

2017-yil kirib kelayotgan damlarda Istanbuldagi tungi klubda o'nlab insonlar o'lgan xuruj ortida turgan shaxslardan biri yo'q qilingan. AQSh maxsus kuchlarining bayon qilishicha, u Suriyada halok bo'lgan.

Abdurahmon O'zbekiy ismli bu shaxs 6-aprel kuni Mayayin shahri yaqinida nishonga olingan.

O'zbekiy "Islomiy davlat" rahnamosi Abu Bakr al-Bag'dodiy bilan yaqindan ishlagan odam ekani aytiladi. Istanbuldagi klubdagi terraktni u rejalagan, deydi rasmiylar. 39 kishi o'lgan edi.

AQSh polkovnigi Jon Tomas deydiki, O'zbekiy anchadan beri qidiruvda edi.

Abu Bakr al-Bag'dodiy, "Islomiy davlat" rahnamosi
Abu Bakr al-Bag'dodiy, "Islomiy davlat" rahnamosi

O'zbekiy aslida O'zbekistondan. Klubga kirib odamlarni otgan 34 yoshli Abdulqodir Masharipov ham aslida O'zbekistondan, deya bildiradi turk rasmiylari.

Masharipov hibsda. Jinoyatni bo'yniga olgan. Uning ustidan tergov Turkiyada "Islomiy davlat" 20 ga yaqin tizimga ega ekanini fosh etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG