Breaking News

"Islomiy davlat" propagandasi susayib bormoqda


"Islomiy daavlat" kurd jangarilarini qatl etmoqda
"Islomiy daavlat" kurd jangarilarini qatl etmoqda

30 mingga yaqin xorijlikni o'ziga jangari sifatida yollab, internet olamini o'z propagandasi bilan larzaga solgan "Islomiy davlat" ayni damlarda eski videolarini tarqatish bilan band. Yangi targ'ibot ko'zga tashlanmayapti.

O'tgan yilning shu paytigacha 761 video chiqargan guruh bu yili 194 ta material bilan cheklanmoqda.

To'daning yetakchi targ'ibotchilari va buyurilgan ishni bajaruvchilar sistemani o'zgartirishga qodir emas.

Ko'plab odamlar "Islomiy davlat" desa vahshiylikni tasavvur qiladi. Ularning yo'lidan borganlar ham shafqatsiz, mehrsiz odamlar sifatida gavdalanadi.

Harbiylarning aytishicha, jangarilarning internet aloqalari sekin, lekin hali ham ishlaydi.

AQSh Davlat departamenti tahlilicha, jangarilar o'z safini kengaytirishga urinmoqda. O'tgan yili "Islomiy davlat" oyiga 2000 odamni yollayotgan edi. Bugun atigi 200 odam kiradi xolos.

Guruh faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatgan mutaxassislar deydiki, xotin-qizlar ularning doimiy nishonida. Ayol jangarilar alohida tayyorgalikdan o’tadi.

"Islomiy davlat"
"Islomiy davlat"

AQShning “West Point” harbiy akademiyasi olib borgan izlanishlar natijasiga ko’ra, Iroq va Suriyada terrorchilarning media markazlari yo’q qilingan. O’nlab jangarilar o’lgan. Shu bois ham internetda material kamaygan.

Avgust oyida Abu Muhammad al-Adnaniy ismli propagandachi, sentabrda esa Abu Muhammad Furqon ismli yetakchi tashviqotchi halok bo’lgan.

Furqon bir necha g’arblik jurnalistlarning qatlini videoga tushirib, global tarmoqda tarqatgan jangari hisoblanar edi. Kundalik lavhalar, hujjatli filmlar hamda foto reportajlar, radio eshittirishlar uzatish jarayoniga boshchilik qilib kelar edi. Xalifalikning so’zlovchilaridan biri edi.

“Islomiy davlat” propagandistlarining asosiy vazifasi bu guruh hukmron joylarda hayot yaxshi, odamlar to’q, adolat ustuvor deya tasvirlash.

Xalifalikning poytaxti Raqqadir. Mosul ham farovon, deya sharhlanadi “Islomiy davlat” videolarida.

"Islomiy davlat"
"Islomiy davlat"

G’arb axborot vositalari terroristlar odamlarni qirmoqda, faqat qon to’kish bilan band deya ko’rsatadi, aslida esa shahar va qishloqlar yangi tuzumdan faqat foyda ko’rmoqda, deya aytar edi Adnaniy o’z chiqishlarida.

Bir narsa aniq: “Islomiy davlat” naqadar yovuz va shafqatsiz ekanini har kuni isbotlab turibdi – odamlarni yoppasiga qatl etib, qiynoqlar va azobni videolarga tushirib, uning davri qanchalik qonli ekanini dunyo bilan baham ko’rmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG