Breaking News

Falastinliklar Isroil-XAMAS sulhini nishonlamoqda


Bir necha kunlik to’qnashuvlardan so’ng Isroil va XAMAS sulhga kelishdi. Bugun falastinliklar ushbu voqeani nishonlash uchun Sharqiy Quddusda to’plandi. 11 kunda G’azoda 230 ta, Isroilda esa 12 ta odam o’ldi.

Xalqaro hayot - 21-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:39 0:00

Har doimgidek Misr vositachilikni o’z qo’liga olib, zo’ravonliklarni to’xtatishga muvaffaq bo’ldi.

Al-Aqso masjidida to’plangan falastinliklar Falastin va XAMAS bayroqlarini hilpiratib, quvonchini yashirmadi.

Ayrimlar ushbu sulhni XAMAS harakatining qudratli Isroil davlati ustidan g’alabasi sifatida ko’rmoqda.

Isroilliklarning ba’zilari sulhni tanqid qildi, ayrimlari esa tinchlik yo’lida to’g’ri qadam deb baholadi.

AQSh Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan so’nggi 11 kunda olti marta gaplashganini aytib, Amerika diplomatlarining sahna ortidagi say’-harakatlari ham sulhga yetaklagan omil ekanini aytdi.

“Falastinliklar ham, isroilliklar ham tinchlikda va xavfsizlikda, erkinlik, farovonlik va demokratiyada yashashga munosibdir. Ma’muriyatim tinimsiz va sokin diplomatik harakatlarini davom ettiradi. Nazarimda, muvaffaqiyatga erishish uchun haqiqiy imkoniyat bor va men bu yo’ldan qaytmayman”, - dedi Bayden.

AQSh rahbari Misrning sulhga erishishda vositachilik rolini yuqori baholadi. Unga ko’ra, AQSh BMT va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda G’azo xalqiga tezkor gumanitar yordam yetkazishga, tiklanish ishlarini amalga oshirishga tayyor.

BMT Bosh Assambleyasi prezidenti Volkan Bozkir ham sulhni olqishladi.

“Bosh Assambleya tashabbusni qo’lga olsa, a’zo davlatlar bir ovozdan fikr bildirsa, natijaga erishishimiz mumkinligini namoyish eta oldik. Isroil okkupatsiya qilgan davlat sifatida xalqaro inson huquqlari va gumanitar qonunlarga rioya qilishi kerak”, - dedi Bozkir.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken yaqin kunlarda Yaqin Sharqqa safar qilib, Isroil, Falastin va mintaqadagi boshqa davlatlar rahbarlari bilan uchrashishini ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG