Breaking News

Isroil ittifoqchilarni Eronga qattiqroq bosim qo'yishga chaqirmoqda


Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet

Isroil Mudofaa vaziri Benni Gans va “Mossad” razvedka xizmati rahbari David Barnea bugun Vashingtonda AQSh rasmiylari bilan Eron yadro dasturi bo’yicha jonlanib, yana to’xtab qolgan muzokaralar xususida gaplashmoqda.

Xalqaro hayot - 9-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:37 0:00

Yahudiy davlati xalqaro hamjamiyat Eronni yadro qurolini yaratish yo’lidan qaytara olmasa, mustaqil ravishda chora ko’rishini bildirmoqda va G’arbni ham qattiqroq turishga chaqiryapti.

“Eron amalga oshirayotgan zulmi evaziga na mukofotga, na imtiyozlarga, na sanksiyadan xoli bo’lishga loyiq. Dunyodagi ittifoqchilarimizni Eronning yadroviy shantajiga uchmaslikka chaqiraman”, - dedi Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet.

Tramp ma’muriyati 2015-yilda imzolangan Eron yadro dasturiga doir xalqaro bitimdan 2018-yilda chiqishi ketidan

Tehron ham kelishuv shartlarini bajarishdan bosh tortib, uran boyitishni kuchaytirdi. Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlikning so’nggi hisobotlari buni tasdiqlamoqda.

Isroildagi ko’p tahlilchilar Eron yadro dasturidan voz kechmaydi degan xavotirda. Ayrim xabarlarga ko’ra, Isroil hukumati Eron yadroviy inshootlariga qarshi harbiy zarba uchun 1,5 milliard dollarlik byudjetni tasdiqlagan. Biroq, deydi kuzatuvchilar, Isroil bu ishni yolg’iz o’zi uddalay olmasligi mumkin.

Gap shundaki, Eron yadro obyektlari kamida 5 ta joyda joylashgan, ba’zilari katta chuqurlikdagi yer ostida. Isroilga ko’ra, Eron bilan muzokaralarni to'xtatish uchun kuchli harbiy chorani ehtimoldan qochirmaslik kerak.

“Rejimga qarshi yagona chora shu, chunki u omon qolishni istaydi”, - deydi Milliy xavfsizlik tadqiqotlari institutidan Sima Sheyn.

Harbiy chora bilan birga Isroil Eronga kibernetik bo’shliqda ham bosim qo’ymoqda.

Xabarlarga ko’ra, Isroil Eron yadro dasturi va fuqarolik inshootlariga qator kiberxurujlar uyushtirgan.

Tehron ham jim turmayotgan ko’rinadi. Isroil suv tizimi va texnologik kompaniyalariga kiberxurujlar Erondan ko’rilmoqda.

“Hamma mamlakatlar kibernetik qurollarni qo’lga kiritishga, zarur ma’lumot yordamida kompyuterlarga kirib, ularni nazoratga olishga intilyapti, chunki hozir hamma narsa kompyuter orqali qilinadi”, - deydi kiberxavfsizlik bo’yicha tel-avivlik mutaxassis Boaz Dolev.

Yadroviy bitimni jonlantirishga qaratilgan muzokaralar Eron ayrim talablarni olg’a surishi ketidan o’tgan hafta to’xtab qoldi.

Isroil rasmiylari AQShni Eronga qarshi harbiy chora ehtimoli mavjudligini ham rasman tilga olishga undamoqda. Bayden ma’muriyati diplomatik jarayonni jonlantirish ustida ishlayotganini ta’kidlar ekan, Eron muzokaraga jiddiy yondashmayotganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG