Breaking News

Falastin Isroilni xalqaro sudga berishi mumkin


BMT Falastinga kuzatuvchi davlat maqomini berishi ortidan Isroil Falastin hududida yahudiy posyolkalarini qurishda davom etishi haqida e'lon qildi.
BMT Falastinga kuzatuvchi davlat maqomini berishi ortidan Isroil Falastin hududida yahudiy posyolkalarini qurishda davom etishi haqida e'lon qildi.
Isroil Sharqiy Quddusda yahudiy posyolkalarini qurish rejasidan qaytmasligini ma’lum qildi. Falastinliklar nazarida, Isroil bosib olingan hududlarni butunlay o’ziga qo’shib olmoqchi.

Isroil posyolkalari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:14 0:00
Yuklab oling

Isroil hukumati Sharqiy Quddusning Ramat Shlomo nohiyasida 1500 ta yangi uy qurish rejasini ma’qulladi. Falastin yetakchilari bu xabardan darg’azab. “FATX” guruhi so’zlovchisi Ahmad Assafning aytishicha, bu ish xalqaro huquq normalariga zid va urush jinoyati bilan teng.

Isroilning bu qarorini dunyoda hech kim ma’qullamaydi. Falastinliklar bunga keskin qarshi va masalani Xalqaro sudga oshirishga tayyor, deydi u.

Quddusda yangi qurilishlar bir necha yildan so’ng boshlanishi mumkin. Hududni qurilishga tayyorlash uchun tegishli idoralardan ruxsat olish kerak.

Ramat Shlomoda yangi posyolka qurish loyihasi ilk bor bundan ikki yil muqaddam AQSh vitse-prezidenti Jo Baydenning Isroilga safari davomida e’lon qilingan edi. O’shanda bu qaror Vashington tanqidiga uchragan.

Isroilliklar orasida ham loyihaga qarshilar bor. Sharqiy Quddusda bir-biridan ajratilgan yahudiy posyolkalarining nima keragi bor, deydi ular. Masalan, G’arbiy Sohil shimolidagi Ramalloh bilan janubdagi Betlexem o’rtasini bog’laydigan yo’llar yo’q.

Qurilish tarafdorlarining aytishicha, ikki shahar maxsus yo’llar yoki yerosti tunellari yordamida bir-biriga bog’lanishi mumkin.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu so’zlovchisi Ofer Geldmanga ko’ra, hukumat falastinliklar bilan bu mavzuda muzokara olib borishga tayyor.

“Bu qaror muzokaralarga to’siq emas. Falastinliklar muammoga yechim topishni istasa, nega biz bilan aloqaga chiqmaydi”, - deydi hukumat rasmiysi.

Falastinliklar esa Isroil G’arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda qurilishlarni to’xtatmaguncha muzokara stoliga qaytmasligini aytadi. Xalqaro hamjamiyat qurilishlarni noqonuniy deb hisoblaydi. Isroil esa bunga qo’shilmaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Falastinga kuzatuvchi-davlat maqomini berishga qaror qilgach, Isroil qurilishlarni davom ettirishga ahd qildi. Muxtoriyat nazarida bu xalqaro hamjamiyat Falastin davlatchiligini tan olganidan nishona. Endi Falastin Isroil ustidan Xalqaro jinoiy sudga rasman arz qilishi mumkin va bu yahudiy davlatini xavotirga solmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG