Breaking News

Falastinliklar Isroilning anneksiya rejasiga qarshi namoyish qildi


Isroil istilosidagi G'arbiy Sohil

Isroil istilosidagi G’arbiy Sohil bir qismining anneksiya qilinishiga qarshi falastinliklar ko’chaga chiqib namoyish qilgan. Jarayon 1-iyul kuni rasman boshlanishi kerak edi, biroq Isroil tashqi ishlar vaziri bunday bo’lmasligini ma’lum qildi.

Namoyishlar G’azo shahrida va G’arbiy Sohilning Iyerixon shahrida kuzatilmoqda.

G’azoni boshqaruvchi “XAMAS” harakati so’zlovchisi Favzi Barhumning aytishicha, AQSh Prezidenti Donald Tramp tinchlik rejasiga ko’ra amalga oshirilishi kutilayotgan anneksiya Falastin xalqiga qarshi qaratilgan bosqin bo’lib, Falastin davlatchiligining oldini olishga qaratilgan tashabbus hamdir.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu anneksiyani 1-iyul kuni boshlamoqchi edi, ammo AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo’yicha vakili Avi Berkovich bilan uchrashuvdan so’ng jarayonni kechiktirtishga qaror qildi.

Netanyaxuning koalitsion hukumatdagi hamkori, Mudofaa vaziri Benni Gans anneksiyaga hali erta, AQSh rejasini mintaqadagi hamkorlar bilan kelishib hamda xalqaro hamjamiyat roziligi bilan amalga oshirish kerak, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG