Breaking News
Din

Istanbulning Taksim maydonida yangi masjid ochildi


Masjidni Prezident Erdog'an ochib berdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an Istanbulning tarixiy Taksim maydonida yangi masjid ochilishida ishtirok etdi. Taksim masjidi ulkan gumbaz va ikkita minoraga ega.

Xalqaro hayot - 28-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:31 0:00

Shunisi qiziqki, yangi masjid respublika asoschisi va xalq otasi, dunyoviy tizim tarafdori Mustafo Kamol Otaturk haykaliga qarab turibdi. Erdog’anning diniy siyosati so’nggi salkam 20 yilda Turkiyaning dunyoviy tizimiga ancha darz solgan.

Masjidning ochilishi juma namoziga to’g’ri keldi. Erdog’an minglab musulmonlar bilan birga namozni ado etdi.

Qurilish 2017-yil fevralida Erdog’an tashabbusi bilan boshlangan edi. Loyiha tarafdorlarining aytishicha, shaharning ushbu gavjum rayonida ibodat uchun maskanlar yetarli emas, ammo tanqidchilarga ko’ra, Erdog’an norozilik namoyishlari sahnasi bo’lgan va Otaturk merosini eslatuvchi joyga diniy kayfiyat bermoqchi.

Masjid 4000 odamga mo’ljallangan bo’lib, kutubxonasi, oshxonasi, avtomobillar uchun joy bor.

2013-yilda maydondan 100 metr naridagi G’ozi parkida Erdog’an hukumatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo’lgan edi.

Juma namozidan keyin xalqqa murojaat qilgan Erdog’an namoyishchilarni terrorchilar deb atab, masjid qurilishiga to’siq qo’yishga harakat qilishganini aytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG