Breaking News

BMT vertolyotlari Fil Suyagi Qirg'og'ida hujumga o’tdi


BMT vertolyotlari Fil Suyagi Qirg'og'ida hujumga o’tdi
BMT vertolyotlari Fil Suyagi Qirg'og'ida hujumga o’tdi

Afrika janubidagi davlat, Fil Suyagi Qirg'og'ida BMT vertolyotlari hujumga o’tgan.

Guvohlarning aytishicha, prezident Loren Gbagboga, lavozimini tark etishdan bosh tortayotgan rahbarga sodiq harbiy kuchlar nishonga olingan.

BMT vertolyotlari Fil Suyagi Qirg'og'ida hujumga o’tdi
BMT vertolyotlari Fil Suyagi Qirg'og'ida hujumga o’tdi

BMT rasmiylarining aytishicha, aholiga va tinchlikparvar qo’shinlarga qarshi qo’llangan harbiy texnika o’qqa tutilgan.

Hujum BMT Xavfsizlik Kengashi o’tgan hafta qabul qilgan rezolyutsiya tomonidan ma’qullangan, deydi ular. Fransiya qurolli kuchlari xalqaro tashkilotga yordam bermoqda.

BMT vertolyotlari Fil Suyagi Qirg'og'ida hujumga o’tdi
BMT vertolyotlari Fil Suyagi Qirg'og'ida hujumga o’tdi

Mojaro kuchayar ekan, Fransiya Gbagboga qarashli qurol-aslaha, arsenalni musodara qilmoqchi.

Loren Gbagbo o’tgan yilning noyabrida prezident saylovlarida mag’lubiyatga uchradi, lekin taslim bo’lmoqchi emas. Yurt fuqarolik urushiga tortilsa ham ketmayman, deydi u.

Xalqaro hamjamiyat qo’llab-quvvatlovini olgan siyosatchi, saylovda g’olib topilgan Alasan Uttara va uning ittifoqchilari bugun tongda Gbagboga qarshi shiddatli harbiy amaliyot o’tkazgan.

Yirik shahar Abijan ahli qonli olishuvlardan hayiqib, uy-uylaridan chiqmagan. Uttara hozirda mamlakatning katta qismini qo’lga kiritgan.

BMT vertolyotlari Fil Suyagi Qirg'og'ida hujumga o’tdi
BMT vertolyotlari Fil Suyagi Qirg'og'ida hujumga o’tdi

Biroq shaharda prezident Gbagboga moyil odamlar shay, ular rahbarning qarorgohini himoya qilib keladi.

Davlatlar har ikki tomonni tinchlikka, fuqaroga ziyon qilmaslikka undamoqda.

Gbagbo va Uttaraning tarafdorlari so’nggi bir necha kunda aholi orasida talofatlarda ayblanmoqda. Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi birgina Duekue shahrida kamida 800 odam o’lganini aytadi.

Bir necha bor hujumga uchragan Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimlari kecha Abijanni tark eta boshlagan.

Saylovdan keying zo’ravonlik ketidan 1 million odam uy-joyini tashlab chiqqan. 100 ming fuqaro qo’shni Liberiya va Ganada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG