Jahonning turli burchaklaridan sara fotolar
Bugungi dunyo suratlarda - 29-yanvar, 2025

1
Kongo Demokratik Respublikasidan "M23" isyoni tufayli qochgan oila farzandi Ruanda chegara punktida

2
Pekinda Oy taqvimi bo'yicha yangi yil tantanalari

3
Donald Tramp Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi lavozimiga tavsiya etgan kichik Robert F. Kennedi Senat tasdig'idan o'tish harakatida, Kapitoliy binosi, Vashington shahri.

4
Hindiston shimolidagi Kumbxa-Mela diniy festivalida yuzaga kelgan tiqilinchda 30 dan ziyod odam halok bo’ldi, jarohat olganlar ham anchagina. Har 12 yilda bir marta o’tadigan festivalda ziyoratchilar muqaddas hisoblangan Ganga va Yamuna daryolari qo’shiladigan joyda yuvinadi.
Olti hafta davom etadigan bayramda 450 million odam qatnashishi kutilmoqda. Ayrim guvohlar odamlar bir-birini itarishi, boshqalar suvga kiradigan yo’llarning yopib qo’yilganini fojiaga sabab qilib ko’rsatmoqda.