Breaking News

Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli


Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli
Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli

Yaponiya hukumati Tinch okeanida radiatsiya kuchli ekani haqida ogohlantirmoqda.

Nurlanish zilzila va sunami bois ziyon ko’rgan Fukushima elektr stansiyasidan tarqalmoqda.

Uch hafta oldin ro’y bergan ofat zavod reaktorlarini ishdan chiqargan. Shundan beri inshootdan havo, suv va tuproqqa zaharli modda tarqalmoqda.

Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli
Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli

Hukumat stansiya atrofida xavfli zonani kengaytirishi, minglab odamlarni ko’chirishi mumkin.

Yaponiyaga safar qilayotgan Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi yadro xavfsizligi bo’yicha yangi xalqaro standartlar zarur, deydi.

Fukushima bugun dunyoni zararlashi ehtimoldan xoli emas, deydi u.

Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli
Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli

Sarkozi 20 eng yirik davlat yadro sohasi mutaxassislarini majlis o’tkazishga, BMT Atom energiyasi agentligi shafeligida shu yilning yozida uchrashishga undadi.

Yil oxirigacha yangi me’yorlar qabul qilaylik, deya da’vat etdi Sarkozi. Fransiyalik 20 ekspert tez kunda Yaponiyaga borishi kutilmoqda.

Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli
Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli

Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kan hozir eng muhim vazifa – mavjud halokatning asoratlarini kamaytirish deydi.

Katta 20 likning bu yilgi raisi Fransiya yadro energiyasiga suyanadi. Mamlakatda elektr energiyasining 75 foizi aynan 58 reaktordan olinadi.

Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli
Yaponiya: Tinch okeanida radiatsiya kuchli

Sarkozi nazarida barcha atom stansiyalarini zudlik bilan yopish mumkin emas. Ehtiyot choralarini mustahkamlash kerak, deydi u.

Fukushima atrofida radiatsiya darajasi me’yordam taxminan 4 yarim ming marta yuqori. Lekin Yaponiya fiziklari xavotirga o’rin yo’q, odamlar xatarli hududdan ko’chirib bo’lingan deydi.

Evakuatsiya zonasida ming odamning jasadi qolayotgani ma’lum. 11 martda ro’y bergan halokatda o’lganlar soni esa 11 ming 400 kishi, bedarak ketganlar 16 ming 500 kishi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG