Breaking News

Anjelina Joli: Ayollarni qadrlaylik

  • Amerika Ovozi

Anjelina Joli va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda, 31-yanvar, 2018-yil

Gollivud yulduzi Anjelina Joli NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan Bryusselda uchrashib, mojaro zonalarida jinsiy zo’ravonlikka barham berishga chaqirdi.

Aktrisa BMTning Qochqinlar bo’yicha Oliy komissariatining maxsus elchisi ham bo’lib, Myanmada ko’plab ayollar va qizlarning zo’rlanayotganini xavotir bilan tilga oldi. Uning aytishicha, NATO bunday jinoyatlarning oldini olish ustida o’ylanishi kerak.

“Gap faqat ayollarni himoya qilishda emas. Gap ayollarni qadrlashda. Ayollarning ehtiyojlari va huquqlariga, qo’shayotgan ijobiy hissalariga e’tibor bermasak, fuqarolar urushi kechayotgan mamlakatlardagi muammolarni, qochqinlar muammosini hal qilib bo’lmaydi. Yillar davomida dunyodagi mojarolarning oldini olishda, ularni hal etishda ana shu masalani e’tibordan chetda qoldirib kelganmiz. Ayollarning jamiyatlardagi faol ishtirokisiz, ularning huquqlarini ta’minlamasdan davomiy tinchlik va xavfsizlikka erishib bo’lmaydi. Ayollar va qizlarga nisbatan ommaviy jinoyatlar javobsiz qolayotgan mamlakatlarda buning iloji yo’q”, - dedi Joli.

Uning aytishicha, xalqaro hamjamiyat roxinjalik ayollarga yetarlicha yordam bermayotganidan uyalishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG