Jahonning turli burchaklaridan sara fotolar
Bugungi dunyo suratlarda - 30-iyul, 2024
1
Isroil ishg'oli ostidagi G'o'lan tepaliklarida raketa hujumi qurboni bo'lgan 12 nafar bola surati va formalaridan iborat "yodgorlik"
2
Efiopiya janubida tuproq ko'chishi oqibatida farzandi bedarak yo'qolgan ona
3
Venesuelada o'tgan prezident saylovi natijalaridan norozi fuqarolar namoyishga chiqdi.
Milliy saylov kengashi uchastkalarda ovoz berish to'xtatilganidan olti soat o'tib amaldagi prezident Nikolas Maduro g'alabasini e'lon qildi. Hisobotga ko'ra, Madura 51 foiz, muxolif raqibi Edmundo Gonzales 44 foiz ovoz to'plagan.
Mahalliy aholi, AQSh va Lotin Amerikasining qator mamlakatlari saylov adolatli o'tgani, ovozlar to'g'ri sanalganiga shubha bilan qaramoqda.
4
Parij-2024: 100 metrga suzish bo'yicha olimpiadada bellashayotgan shvetsiyalik sportchi