Breaking News

Vashingtondagi Kennedi san'at markazi qisman ochildi


Koronavirus AQSh bo’ylab tarqalishda davom etarkan, pandemiyaning keti ko’rinmayapti. Shunga qaramay, karantin paytida yopilgan ayrim madaniy muassasalar asta-sekin ochilmoqda. Vashingtondagi mashhur Kennedi san’at markazi qisman ishga tushdi.

Vashingtondagi Kennedi san'at markazi qisman ochildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00

Kennedi san’at markazining uchta sahnasidan ikkitasi hanuz yopiq. Uchinchisi – Opera teatri oktabrda jonli ijrolar uchun ochilgan. Teatr yangi muhitda faoliyat yuritmoqda.

Virus tarqalishining oldini olish maqsadida 2300 dan ortiq o’rindiqli zalda 50 tomoshabinga ruxsat bor, xolos. Eng qizig’i, ular uchun o’rindiqlar sahnaning o’zida o’rnatilgan.

“Hammani sahnaga qo’yish g’oyasi tug’ildi. Tomoshabinlarni ham. Ijrochi va tomoshabin o’rtasidagi aloqani o’zgartirishga qaror qildik. Endi artistlar sahna tomon ijro etmoqda”, - deydi markazning ijodiy rejalash bo’limidan Robert van Lir.

Binoga kirgan har bir odamning tana harorati o’lchanadi, o’rindiqlar orasidagi masofa ikki metrdan ko’p, san’atkorlar esa har bir tomoshadan oldin koronavirusga test topshirishi shart.

“Hammaning kayfiyati zo’r! Opera teatri sahnasida o’tirish o’zgacha zavq bag’ishlaydi. Sahna orti bo’ylab yurarkansiz, o’tmishdagi tomoshalardan xotiralarni ko’rish mumkin. Hozirgi tomoshabin uchun yangicha tajriba. Axir oldin ular sahnaga chiqa olmasdi”, - deydi van Lir.

“Kayfiyat a’lo. Kattaroq joyda musiqa ijro etish maza. Ajoyib studiyam bor, lekin baribir kichik-da”, - deydi Milliy simfonik orkestr pianinochisi Lambert Orkis.

Kennedi san’at markazining Opera teatrida yaqinda ventilyatsiya tizimi ta’mirdan o’tkazildi. Tomosha hozircha faqat bir haftada bir marta. Chiptalar bir necha daqiqa ichida sotilib ketmoqda.

Sahnada ijro etishga yetmaydi baribir, tomoshabinlarning nigohini bevosita kuzatasiz, deydi san’atkorlar.

“Bunday muloqot so’nmas energiya manbaidir. Tomoshabinning sukutini sezish mumkin, yakuniy olqishlarni ham boshqacha his qilasiz”, - deydi Orkis.

Kennedi san’at markazi dekabr oyida faqat ikkita jonli tomosha rejalagan. Koronavirus bilan bog’liq sharoit yaxshilangani sari ularni ko’paytirish ko’zda tutilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG