Breaking News

Janubiy Koreya rahbari Shimoliy Koreya bilan muzokaraga tayyor


Prezident Li Myon Bak har qanday provokatsiya va agressiyaga qarshi yechim bor, deydi. Bular qudratli armiya va milliy yakdillikdir.
Prezident Li Myon Bak har qanday provokatsiya va agressiyaga qarshi yechim bor, deydi. Bular qudratli armiya va milliy yakdillikdir.

Janubiy Koreya prezidenti Li Myon Bak Shimoliy Koreya masalasida o’zgacha siyosatni olg’a surmoqda.

Janubiy Koreya rahbari Pxenyan bilan muzokara qilish istagida. Uning aytishicha, qurol va po’pisa bilan Koreya yarimorolida tarang vaziyatni hal qilib bo’lmaydi.

Prezident Li Shimoliy Koreya yadro dasturi borasida xalqaro muloqotni jonlantirish kerak demoqda. Janubiy Koreya rahbari shimol bilan birlashish qarorida qat’iy.

Rahbariyati o’zgarayotgan kommunistik davlat o’tgan oy qo’shni janub bilan o’q almashib olgan edi.

Prezident Li Myon Bak har qanday provokatsiya va agressiyaga qarshi yechim bor, deydi. Bular qudratli armiya va milliy yakdillikdir.

Janubiy Koreya rasmiylari shimol rahbarlari bir masala, uning xalqi butunlay boshqa masala deb keladi.

Shimoliy Koreya aholisi hokimiyatdan rozi emas va janub bilan birlashish tarafdori, deydi tahlilchilar.

Shimol janubning Yonpyong oroliga qarata o’t ochgach, Xitoy xalqaro muzokara o’tkazish zaruratini bot-bot eslata boshlagan edi. Lekin Seul, Vashington va Tokio har qanday muzokara Pxenyanni siylash bilan barobar deya e’tiroz bildirgan.

Muzokaradan maqsad Shimoliy Koreya yadro dasturi va raketa sinovlarini tugatish. Evaziga rasmiy Pxenyan iqtisodiy va diplomatik imtiyozlar oladi.

Dastlabki muloqot 2003 yilda boshlanib, 2008 yilda natijasiz tugagan. Shundan keyin shimol raketa va yadroviy sinovlar o’tkazdi. Yil boshida esa Sariq dengizda Janubiy Koreya kemasi torpedo hujumi oqibatida suvga g’arq bo’ldi. Seul voqeada Pxenyanni ayblamoqda.

Kuzda esa shimol janubni o’qqa tutib, to’rt kishining hayotiga zomin bo’ldi. Vaziyat tarang ekan, ikki davlat harbiy mashg’ulotlarga berilmoqda.

Yo’qsil Shimoliy Koreya 2012 yilda davlat asoschisi Kim Ir Senning 100 yillik tavalludini nishonlaydi.

Tez orada boshqaruv amaldagi rahbar Kim Chen Irning o’g’li Kim Chen Unga o’tishi kutilmoqda.

Kuzatuvchilar nazrida Pxenyan muhim sanalar oldidan ko’proq shov-shuv ko’tarib, obro’si, qudratini namoyish etmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG