Qirg'iziston poytaxti Bishkekda yuzlab odamlar namoyishga chiqib, Davlat xavfsizlik qo'mitasi rahbarining iste'fosini talab qilmoqda. 10-oktabrdagi saylovlar natijasida parlamentga kirgan "Ota-Yurt" partiyasi tarafdorlari Keneshbek Dushebayevni partiya rahbari Qamchibek Toshiyev joniga qasd qilganlikda ayblamoqda.
Toshiyevning aytishicha, Dushebayevning buyrug'i asosida kecha qurollangan kishilar uyiga bostirib kirib, uni o'ldirishga harakat qilgan. "Ota-Yurt" partiyasi saylovlarda eng ko'p ovoz olgan, biroq saylov komissiyasi yakuniy natijalarni haligacha rasman e'lon qilmagan.
Bishkekda "Ota-Yurt" partiyasi rahbari joniga qasd qilingan
- Amerika Ovozi

Qamchibek Toshiyevning aytishicha, bu Davlat xavfsizlik qo'mitasining ishi. Toshiyev tarafdorlari namoyish qilib, qo'mita rahbari iste'fosini talab qilmoqda.