Breaking News

Bishkekda bombali mashina topilib, zararsizlantirilgan


Bishkekda bombali mashina topilib, zararsizlantirilgan
Bishkekda bombali mashina topilib, zararsizlantirilgan

Qirg’izistondan kelayotgan xabarlarga qaraganda, Bishkek shahar Ichki ishlar boshqarmasi binosi oldida bomba o’rnatilgan avtomobil topilib, zararsizlantirilgan.

Qo’lbola moslama 7-10 kilogram dinamit-trotildan iborat bo’lib, kuchli portlash uchun mo’ljallangan edi, deydi rasmiylar.

Voqea ketidan Bishkek bo’ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Dastlabki tergov natijalariga ko’ra, bomba joylangan “Land Rover” rusumidagi mashina o’girlangan bo’lishi mumkin. Uning ichida gaz baloni, alyumin, selitra va temir qoldiqlari topilgan.

Shu yilning 30 noyabrida Bishkekdagi stadion qarshisida portlatilgan bomba ham shunga o’xshash bo’lgani aytiladi. Tergov ishlari davom etyapti.

XS
SM
MD
LG