Breaking News

Qirg’izistonda haj ziyoratini tashkillashtiruvchi yangi markaz


Qirg’izistonda haj ziyoratini tashkillashtiruvchi yangi markaz
Qirg’izistonda haj ziyoratini tashkillashtiruvchi yangi markaz

Qirg’izistonda haj safarini tashkil qilish va amalga oshirish masalalari bilan shug’ullanuvchi yangi markaz ochildi.

Mamlakat musulmonlari diniy boshqarmasi qoshida tashkil topgan ushbu idora faoliyatiga bir guruh parlament deputatlari ham jalb etilgan.

Maqsad, deydi ular, haj ziyorati bilan bog’liq muammolarni hal etish va ayniqsa, moliyaviy firibgarlik va vakolatni suiiste’mol qilish hollariga chek qo’yish.

Qirg’iziston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi o’rinbosari Ubaydulla Sariboyevning aytishicha, Saudiya Arabistoni tomonidan Qirg’izistonga bu yil 4,5 ming kishilik kvota ajratilgan.

“Haj safarini amalga oshirish uchun bu yil Qirg’iziston muftiysi boshchiligida atayin Haj va Umra markazi tashkil qilindi. Afsuski, ushbu markazga hech bir muftiy o’rinbosarlari va joylardagi qozilar (diniy idoralar rahbarlari) a’zo bo’lgani yo’q. Bu yil kirgizilgan yangiliklarga kelsak, barcha hajga boradigan nomzodlar xarajatlarni o’sha Haj markazi hisobiga to’kishlari kerak. Bu bir tomondan yaxshi. Bugungi kunga kelib haj safarining narxi 2,350 AQSh dollari va 1 ming qirg’iz so’miga bordi. Yana bir yangilik – haj vizalarini chet ellik fuqarolarga sotmaslik maqsadida hajga ketayotgan insonlarning pasportlari uchoqqa chiqayotganda beriladi”, - deydi Ubaydulla Sariboyev.

Janubiy Qirg’izistonlik qator din xizmatchilari markaziy diniy idora rahbariyati tashabbuslariga qarshi chiqqan. Ular haj markazi tarkibiga viloyatlar diniy idoralari rahbarlari kiritilmaganidan norozi.

Qirg’izistonda haj ziyoratini tashkillashtiruvchi yangi markaz
Qirg’izistonda haj ziyoratini tashkillashtiruvchi yangi markaz

O’sh shahar diniy idorasi rahbari Shakir Mamatovning aytishicha, zikr qilingan markazga Qirg’iziston parlamentining besh deputati a’zo bo’lgan.

“Ayni paytda markaz tarkibida imom yoki qozi bo’lib ishlamagan, diniy tashkilotlarga, muftiyatga a’zo bo’lmagan kimsalar ham bor. Men o’zim ham bugungi kunga qadar O’sh shahrida kim hojiboshi ekanini bilmayapman”, - deydi Shakir Mamatov.

Qirg’izistonda haj safarini tashkil qilish o’ziga xos bisnesga aylangan va har mavsum turli g’alvayu-janjallarga sabab bo’lib keladi. Haj ishlari uchun umumiy ma’suliyat goh muftiyat, goh Din ishlari bo’yicha davlat komissiyasiga yuklatilgan.

Safarni amalga osirish bilan turli firmalar va shaxslar ruxsatnoma asosida shug’ullanib kelgan. Ushbu amaliyotga daxldor shaxslar va tashkilotlar bot-bot moliyaviy tartibsizliklar, poraxo’rlik, qalbaki hujjatlar ishlatish kabi nopok ishlarda ayblanib turadi.

Jalol-Oboddagi “Islom ta’limi” deb nomlangan nodavlat tashkilot rahbari Dilmurot hoji O'rozov fikricha, haj safarini tashkil qilish ishlari bir yil Din ishlari bo’yicha davlat komissiyasiga, bir yil esa Qirg’iziston musulmonlari diniy boshqarmasiga berilishi taajjubli.

Qirg’izistonda haj ziyoratini tashkillashtiruvchi yangi markaz
Qirg’izistonda haj ziyoratini tashkillashtiruvchi yangi markaz

“Buni oxirini ko’rishimiz kerak, nima bo’ladi? Saudiya Arabistonidan bo’linib berilgan kvota diniy boshqarmaga emas, balki Qirg’iziston davlatiga beriladi. Haj safarini tashkil qilish amaliyoti Din ishlari bo’yicha davlat komissiyasiga o’tkazilganda ular yil-o’n ikki oy davomida haj uyushtirish idorasiga aylanib qoladi. Hozir zikr qilingan ishlar muftiyatga yuklatildi. Muftiyat ham haj uyushtirish tashkilotiga aylanib qoldi. Boshqa masalalar chetda qolmoqda, chunki haj katta pullik ish. Har yil transport masalasi yuzaga chiqadi. Mana bu yil ham uchoqlar muammo bo’layaptikan. Bu mavsum tashkil qilingan Haj markazi nazarda tutilgan haj markazi bo’lgani yo’q. Masalan, oldingi yillari Qirg’izistonda haj vizasini chet elliklarga sotish jinoyat hisoblanardi. Bu yil esa haj markazi chet el fuqarolari tomonidan vizani 4,5 ming AQSh dollaridan xarid qilishiga yo’l ochdi. Bu esa o’z navbatida Qirg’izistonda haj vizalarini sun’iy ravishda yetmasligiga olib kelmoqda”, - deydi u.

Ayrim kuzatuvchilar haj tashkilotchilarining nomaqbul ishlari musulmonlar ishtiyoqini ma’lum darajada so’ndirishini aytadi. Ikkinchi tarafdan, barcha noxush ko’rinishlarga qaramay, o’z farzini ado etish istagidagilar safi kengayayotgani qayd qilingan.

“Odamlar pora berib hajga borayapti. Masalan, joy yo’q deyishadi. Sun’iy ravishda o’rin yetmasligini yaratishgan. Oqibatda pora berishadi. Bu bilan o’sha odamning haj amali gumon bo’ladi. Ikkinchidan, kimdir “shunaqa hajga borgandan ko’ra, bormadim”, deydi va gunohkor bo’ladi”, - deydi Dilmurot hoji O'rozov.

Qirg’izistonda haj ziyoratini tashkillashtiruvchi yangi markaz
Qirg’izistonda haj ziyoratini tashkillashtiruvchi yangi markaz

Uning fikricha, muqaddas safarni tashkil qilish ishlari bilan davlatning o’zi shug’ullangan taqdirda ko’p qonunbuzarliklarning oldini olish mumkin.

“Ushbu ishlarni davlat tizimlari o’z zimmasiga o’tkazishi kerak, va kvotani barcha viloyatlarga xolislik bilan bo’lishtirishi lozim. Undan keyin hajga olib borib keladigan hojiboshilarni tanlab, ularga maosh to’lasa, qolgan ishlarni ham davlat idoralari orqali nazorat qilib tursa, yaxshi bolardi”, - deya davom etadi “Islom ta’limi” tashkiloti rahbari Dilmurot O'rozov.

O’sh shahar diniy idorasi rahbari Shokir Mamatov esa bu so’zlarga qo’shilmaydi.

“Haj safarini tashkiliy ishlari davlatga beriladigan bo’lsa, bu ishlar bilan shug’ullanuvchi mulozimlar diniy ilmga ega bo’lishi kerak. Xudoga shukr, bu yil haj safarini tashkil qilish ishlari diniy boshqarmaga yuklatildi. Ishonamanki, uddasidan chiqamiz”, - deydi u.

Har gal haj safari borasida turli shov-shuv va tortishuvlar ortidan diniy idoralar rahbarlari va mansabdor mulozimlar qat’iy o’zgarishlar va’da qiladi. Bu yil ko’zda tutilayotgan yangiliklar qanday natija berishini yaqin kelajak ko’rsatadi.

XS
SM
MD
LG