Breaking News

Qirg’inda jabr tortgan uyg’urlar kechirimli bo’lish kerak deydi


Qirg’iziston janubida ro’y bergan xunrezlikdan nafaqat o’zbek, balki boshqa elatlar, xususan uyg’urlar ham jabr ko’rgan.

Qirg’in paytida Qozog’istonga qochgan keksalar, ayollar va bolalar vaziyat tinchib, vatanga qayta boshlagan.

Bishkekdagi Uyg’urlar milliy madaniy markazi vakili etnik adovat tugab, tinchlik-totuvlik tiklanishiga umid bildirmoqda.

“Qirg’izistonda faqat qirg’izlar emas, ko’p uluslar yashaydi. Bir millatning madaniyati, tilini hurmat qilish kerak. Buning uchun butun siyosatni o’zgaritish kerak shekilli. Lekin yangi hukumat, yangi prezident buni qanday eplaydi, bilmaymiz. Musulmonlar kechirimli xalq, hammasi yaxshi bo’lib ketadi”,- deydi o'z ism-sharifi bildirilmasligini so'ragan bu fuqaro.

“O’sh, Jalolobodda 15 ming uyg’ur bor. Ba’zilarning uyi kuydi janjal paytida. Ishqilib endi tinchlik bo’lsin. Hukumat keladi, ketadi, biroq Qirg’iziston qoladi. Biz birdamlikka, totuvlikka chaqirib qolamiz. Qonun ustuvorligini ta’minlashsin”.

Oy boshida uyg’ur jamoasi millatchi guruhlar tahdidi ostida Bishkekni tark eta boshlagan edi. Qirg’iziston poytaxti va uning tevaragida taxminan 70 ming uyg’ur yashaydi.

XS
SM
MD
LG