Breaking News

Qirg’izistonlik tahlilchilar: AQSh va Rossiya yordami birdek muhim


AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk va Qirg'iziston rahbari Roza Otunbayeva.14 aprel 2010 yil.
AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk va Qirg'iziston rahbari Roza Otunbayeva.14 aprel 2010 yil.

Qirg’izistonda to’ntarish, so’ng janubdagi xunrezlik ketidan hukumat bir muddat ichki siyosat bilan o’ralashib qolgan edi.

Tahlilchilar fikricha, yangi yil arafasida tashqi siyosat ham asta-sekin shakllana boshlagan.

Parlamentda o’rin olgan partiyalar yangi hukumat tuzish bilan ovora va ayrimlari Rossiyaga xayrixoh ekani sir emas.

Afg’onistondagi harbiy operatsiyalarda “Manas” tranzit markazidan foydalanayotgan AQSh esa hokimiyatga kim kelishidan qat’iy nazar, Markaziy Osiyoda tinchlik va strategik hamkorlikka urg’u bermoqda.

Qirg’iziston azaldan Rossiya bilan yaqin munosabatda bo’lgan va shu bois aksar aholi bu davlatga xayrixoh kayfiyatda bo’lib, bu tarixiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarga asoslanadi deydi suhbatdoshlar.
Qirg’iziston azaldan Rossiya bilan yaqin munosabatda bo’lgan va shu bois aksar aholi bu davlatga xayrixoh kayfiyatda bo’lib, bu tarixiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarga asoslanadi deydi suhbatdoshlar.

Parlament saylovlari ortidan Qo’shma Shtatlar bilan munosabatlar qanday bo’ladi degan savol ko’pchilikni qiziqtirmoqda.

Tranzit yuklar tashish markazi kelajagi, rasmiy Vashingtonning Otunbayeva ma’muriyati bilan aloqalari, siyosiy va iqtisodiy hamkorlik, Amerikaning mintaqadagi roli borasida munozaralar kuchaygan.

Suhbatdoshlar fikricha, Qirg’iziston va AQSh munosabatlarida ijobiy kayfiyat yaqqol ko’zga tashlanadi.

“AQSh bilan aloqalar mamlakatimiz mustaqil bo’lgan kundan beri rivojlanib kelayotir. Qo’shma Shtatlar butun O’rta Osiyoga, jumladan, Qirg’izistonga o’zgacha muomala qilmoqda. Demokratiyaning muhim yo’nalishlarini tatbiq etishda, inson huquqlarini himoya qilishda, matbuot, din erkinligi va boshqa masalalarda Amerika Qirg’zistonni qo’llab kelgan", - deydi u.

"Hozirgi kungacha AQSh bizga yirik moliyaviy yordam ko’rsatib kelmoqda. Bu yil ham aprel inqilobidan so’ng, iyun voqealaridan keyin Amerika hukumati 20 million dollar ajratishni va’da qildi”, - deydi O’sh Davlat Universiteti professori, siyosatshunos Arap Anarbayev.

Taniqli qirg’iz adibasi, “Umay ona” siyosiy partiyasi rahbari Salima Sharipovaning aytishicha, har bir buyuk davlatning Qirg’izistonga o’xshagan kichik davlatlarga nisbatan o’z manfaatlari bor.

“Albatta, Qo’shma Shtatlar bizga katta yordam berganini tan olamiz. Bizning o’lkada Amerikaning yirik tashkilotlari – USAID, Mercy Co. ishlamoqda. Ijtimoiy, iqtisodiy masalalarni yechishga harakat qilib, ular ancha insonlarni ish bilan ta’minlamoqda", - deydi siyosatdon.

"Bizning yoshlar AQShda oliy ta’lim olmoqda. Bu ham ijobiy ko’rinish. Ayni paytda bu yerlarda avval ham, hozir ham buyuk davlatlarning manfaatlari kesishadi. Mana shu narsani angliyalik adib, razvedkachi va sayohatchi Artur Konolli “katta oyin” deb ta’riflagan”, - deydi Salima Sharipova.

Vaqti-vaqti bilan rasmiy Bishkek va Vashington o’rtasida bahsli masalalar ham bo’lib turadi.

Amerika elchixonasi inson huquqlari bilan bo’gliq vaziyat borasida e’tirozini bildirib keladi.

Qirg’ziston bir necha bor AQSh tasarrufidagi tranzit yuklar tashish markazini yonilg’i bilan ta’minlash yo’llaridan norozilik bildirgan. Qirg’iziston yangi hukumati masalaga oydinlik kiritishni taklif qilgan.

“Amerika Qo’shma Shtatlari “Mina” korxonasi va sobiq prezident Qurmanbek Bakiyev oilasi o’rtasidagi aloqani, poraxo’rlik haqidagi da’volarni tekshirib, ayblovlar asossiz ekaniga amin bo’lgan. Qirg’iziston tomoni o’lkaning tub manfaatlarini ko’zlab ish yuritadi, deb o’ylayman”, - deydi O’sh Davlat Universiteti professori, siyosatshunos Arap Anarbayev.

Azaldan Qirg’iziston diyori Rossiya bilan yaqin munosabatda bo’lgan va shu bois
aksar aholi bu davlatga xayrixoh kayfiyatda bo’lib, bu tarixiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarga asoslanadi deydi suhbatdoshlar.

Ayni paytda aksar siyosatshunoslar Qirg’iziston tashqi aloqalarda dunyo bilan teng va ko’p vektorli siyosat olib borishi zarurligini aytadi.

XS
SM
MD
LG