Breaking News

AQSh qonunchilari Oq uyni Eronga bosimni kuchaytirishga chaqirmoqda


Isroil-XAMAS ixtilofi Yaqin Sharq bo’ylab tarqalish xavfi bilan yuzlashar ekan, AQSh qonunchilari Oq uyni Eronga kattaroq bosim qo’yishga chaqirmoqda.

Xalqaro hayot - 14-dekabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:48 0:00

17-oktabrdan beri Eronga aloqador guruhlar AQShning mintaqadagi kuchlarini 90 marotabadan ko’p nishonga oldi. Kongressdagi ayrim respublikachilar Bayden ma’muriyatidan islomiy respublikaga qattiqroq sanksiyalar qo’llashni talab qilyapti.

Yamanda Eronga xayrixoh xusiylar Qizil dengizda AQSh kuchlarini nishonga olishi ketidan Eron tashqi ishlar vaziri Qo’shma Shtatlarning G’azodagi siyosati salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

“Istalgan payt boshqarib bo’lmaydigan va oldindan aytib bo’lmaydigan portlash yuz berishi mumkin. Amerikaliklar mana shuni shu kungacha fahmlay olmadi. Agar es-hushini yig’ib olishmasa, oqibatlari AQShning o’ziga qattiq tegadi”, - dedi Husayn Amirabdullahiyon.

AQSh Kongressidagi respublikachi qonunchilar Bayden ma’muriyatining siyosati Eronni bosqinchi harakatlarga da’vat etayotganini aytadi.

“Eron proksilari orqali AQSh harbiy inshootlari va jangovar kemalariga hech bir jazosiz bevosita hujum qilishga jur’at etarkan, ta’sirini Yaqin Sharq bo’ylab, Yamandan G’azogacha yoymoqda”, - deydi Vakillar palatasining a’zosi Bleyn Lutkemeyer.

Respublikachilar Bayden ma’muriyatining joriy yilda garovdagi besh amerikalikni Eron qamog’idan ozod etish evaziga Tehronga muzlatilgan 6 milliard dollarni qaytarish qarorini keskin tanqid qildi.

“Hukumatimiz pulni Eronga qaytarsa yoki sanksiyalarni yumshatsa, pul Eron va Isroil xalqlari va qo’rqamanki, bir kun kelib Amerika xalqiga qarshi qaratilgan amaliyotlarni moliyalashga sarflanadi”, - deydi kongressmen Tom Maklintok.

Har ikki partiyaning Vakillar palatasidagi a’zolari Eronga qaytarilishi kerak bo’lgan olti milliard dollarni muzlatuvchi qonun qabul qildi.

“Agar Eron hukumatining amerikaliklarni garovga olish orqali qo’li baland keladigan bo’lsa, ularni bunday imkoniyatdan ayirishimiz kerak. Garovga olingan amerikaliklar bo’ycha oldi-berdi qilish to’g’ri emas, qonuniy emas”, - deydi respublikachi demokrat qonunchi Bred Sherman.

Kongress vakillariga ko’ra, Eron ayollari boshlagan namoyishlar tuzum oxir-oqibat ichkaridan qulashini ko’rsatmoqda.

“Eronlik ayollarni mardligi, qarashlari, nafaqat o’z kelajagi, balki har bir eronlik erkinligi uchun kurashishga tayyor ekani uchun olqishlayman”, - deydi yana bir demokrat Zoi Lofgren.

Vakillar palatasi Eronning demokratik, dunyoviy va yadrosiz bo’lishini qo’llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani yangilashga ovoz berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG