Breaking News

Livandagi ishchi muhojirlar vataniga keta olmayapti


Arxiv surat
Arxiv surat

Aholisi 5 milliondan ortiq Livanda 250 mingdan ziyod ishchi migrant ro’yxatdan o’tgan. Koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan karantin usiz ham qiynalib kelgan bu tabaqa vakillarining hayotini yanada nochorlashtirdi.

Inson huquqlari guruhlari Livandagi migrantlar sharotini ekspluatatsiya deya ta’riflaydi – kam maoshlar, uzoq ish soatlari, himoyasiz.

Muhojirlar maoshni AQSh dollarida emas, mahalliy lirada oladi. Xalqaro mehnat tashkiloti vakili Zayna Majarning aytishicha, ular bunday maosh bilan oilalarini boqa olmaydi.

Livanda valyuta kamomadi tufayli ish beruvchilar dollarda to’la olmaydi. Ba’zi ishchilar umuman maosh olmayotgani ham aytiladi.

O’tgan hafta efiopiyalik migrantlar namoyishga chiqib, Livan hukumatidan ularni mamlakatiga bepul qaytarib yuborishni talab qildi. Aksariyati ishini, daromadini yo’qotgan.

"Efiopiya, Bangladesh, boshqa mamlakatlardan ishlash uchun kelgan odamlar ishsiz, och o’tiribdi”, - deydi ishchi migrantlar huquqlari uchun kurashayotgan efiopiyalik faol Tsigereda Brixanu.

Minglab muhojir uyiga qaytib ketishga majbur bo’ldi.

Bangladeshlik ishchilar ham namoyish qilib, maoshlarining oshirilishini talab qildi.

“Livanda kun kechirish o’ta og’ir. Hozirgi sharoitda bu yerda qolishdan foyda yo’q”, - deydi ulardan biri.

Livan Mehnat kodeksi ishchi migrantlarni himoya qilmaydi. Ba’zilari dam olish kunlarisiz ishlashga majbur.

“Ba’zi ish beruvchilar ularga ozor beradi, ruhan va jismonan ezadi, qul kabi muomala qilishadi”, - deydi Brixanu.

2016-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti o’tkazgan izlanish natijasidan ma’lum bo’lishicha, ish beruvchilar aksariyat hollarda ishchilarining pasportini olib qo’yadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG