Breaking News

Livanda namoyishlar. Bosh vazir ishdan ketib, o'rni bo'sh qolgan


Namoyish paytida bir odam o'lgan
Namoyish paytida bir odam o'lgan

Livan ahli hukumatni poraxo’rlikda ayblab, bir oydan beri namoyish qilmoqda. So’nggi bir oydan beri livanliklar ko’chaga chiqib, hukumatni iste’foga chaqirmoqda. Ular korrupsiyani tugatishni, elektr va suv ta’minoti, sog’liqni saqlash tizimini yaxshilashni talab qilmoqda. Ba’zilari esa inson huquqlari poymol bo’layotganidan nolib, siyosiy mahbuslarga amnistiya berilishiga da’vat etmoqda.

Hukumatga bosim qo’yish maqsadida Tripoli tevaragidagi katta yo’llar to’silgan.

“Amaldorlarning hammasi poraxo’r. Mamlakat bilan ishi yo’q”, - deydi bir namoyishchi.

Poytaxt Bayrutda parlament binosiga yetaklovchi barcha yo’llar xavfsizlik kuchlari tomonidan nazoratga olingan, namoyishchilarning ba’zilari shu atrofda palatkalar o’rnatgan. Tunda ham namoyishlar tinmayapti.

Hukumat ayrim islohotlarga rozi bo’ldi, hatto Bosh vazir Saad Haririy iste’fo berdi. Biroq hukumatdagilarning bo’linganiga ishora qilgan sobiq moliya vaziri Muhammad Safadiy vazirlar mahkamasida hamjihatlik bo’lmasligini aytib, bosh vazirlik taklifini rad etdi.

Namoyishchilar siyosiy partiyalarning hokimiyatdan ketishini talab qilmoqda.

“Vaziyat murakkab. Ayrim mamlakatlarda bo’lgani kabi bir rahbarni olib tashlash bilan muammo hal bo’lmaydi. Bizda hokimiyat ko’p odamlar qo’lida, korrupsiya chuqur ildiz otgan”, - deydi bayrutlik Ayman Debiane.

Noyabr oyidagi namoyishlar nisbatan tinch o’tmoqda, bir odam o’lgani ma’lum. Namoyishlar stixiyali o’tmoqda, harakatga aniq bir shaxs yetakchilik qilayotgani yo’q. Ayrim kuzatuvchilarga ko’ra, bunday vaziyatda chiqishlar ma’lum paytdan so’ng so’nishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG