Livan poytaxti Bayrutda o’nlab faol Adolat saroyi oldida namoyish qilib, ijtimoiy sahifalarda erkinlikni talab qildi. Namoyishchilar milliy bayroqlarni ko’tarib, “inqilob” so’zini xitob qildi.
Ijtimoiy sahifalarda mamlakat prezidenti Mishel Aunni haqoratlagani aytilayotgan postlar yuzasidan boshlangan tergov faollar noroziligiga sabab bo’ldi.
Namoyishchilarning aytishicha, ijtimoiy sahifalarda fikrlarini tinch yo’l bilan bildirayotgan faollarni yoki korrupsiyani fosh qilayotgan jurnalistlarni ta’qib qilgandan ko’ra hukumat qonunga xilof ish tutayotgan rasmiylarni javobgarlikka tortishi kerak.
“Hukumat va, ayniqsa Livan prezidentining ishini sharhlayotgan va tanqid qilayotgan namoyishchilarning barchasini “Twitter”, “Facebook” yoki boshqa ijtimoiy sahifalardagi sharhlari uchun so’roqqa tutishdi”, - deydi Samir Huriy ismli namoyishchilaridan biri.
Livanda iqtisodiy va moliyaviy inqiroz ketidan aholida hukumatning inqirozni hal qilish siyosatiga nisbatan ishonchsizlik kuchaydi.
Mamlakat moliyaviy muammolarga pandemiyadan oldin ham yuz tutgan. Koronavirus vaziyatni yanada og’irlashtirdi.
Yillar davomida Livanni yemirayotgan korrupsiya va davlat boshqaruvidagi sustlik resurslar tanqisligiga va sarmoyalarning qisqarishiga olib keldi.
Oldingi haftalarda ham aholi namoyishga chiqib, ayrim shaharlarda ko’chalarni to’sgan, poytaxt Bayrutda esa xususiy banklar binolariga tosh otib, bttasiga o’t qo’ygan.
Facebook Forum