Breaking News

Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda


NATOning ishtiroki bugun ham muhokamada
NATOning ishtiroki bugun ham muhokamada

Misrata shahrida Liviya samolyoti urib tushirilgan. Fransiz harbiylari mamlakatga chuqurroq kirib borib, havo bazasini urgan.

Xalqaro kuchlar BMT ruxsati bilan, mana olti kundirki, Liviyani bombardimon qilmoqda. Poytaxt Tripolida bugun bir necha portlash yangragan.

Tunda Qaddafiy armiyasi Misrata shahrini, yaradorlarga to’la kasalxona va boshqa binolarni o’qqa tutgan. Snayperlar aholini nishonga olgan. Zintan va Ajdabiya shaharlarida ham kecha manzara shu edi.

Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda
Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda

Liviya Tashqi ishlar vaziri muovini Xolid Kaimning aytishicha, bugun kunduz yirik shaharlardan sanalmish Misrata tinch. Biroq u yer, bu yerda o’q uzishlar hamon quloqqa chalinmoqda.

Koalitsiya esa Liviya harbiy havo kuchlarini yo’q qildik, demoqda. AQSh admirali Jerard Xuber so’zlariga ko’ra, operatsiya natijasida aholiga ziyon yetmagan.

“Liviya harbiy samolyotlarini ishdan chiqardik”, - deydi admiral. Qaddafiy kuchlari havo sarhadlarini boy bergandek.

Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda
Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda

Hozirda xalqaro koalitsiya artilleriya, tanklar va boshqa qurol-aslahani nishonga olmoqda.

“Ajdabiya va Misrata shaharlari ahlini himoya qilish ustuvor vazifa”, - deydi admiral Xuber. Uning ta’kidlashicha, Qaddafiy armiyasi hech kimni ayab o’tirgani yo’q.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts fikricha, g’arb yordamni ayamaydi, biroq Liviya taqdiri liviyaliklar qo’lida.

“Harbiy kampaniya qancha davom etishi esa hozircha qorong’u”, - deydi vazir.
BMT Xavfsizlik Kengashi qarorida aniq sana belgilanmagan.

Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda
Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda

“Kampaniya samarasi tez kunda seziladi”, - deydi Geyts. Qaddafiy kuchlari qattiq talofat ko’rgan. Fursatdan foydalangan muxolifat qaddini rostlashi mumkin.

Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda
Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda

Hukumat tarafdorlari esa koalitsiya hujumlarini qoralab keladi.

Qaddafiyga xayrixoh fuqarolar nazarida bu G’arb agressiyasi, istilosidir.

Rossiya va Xitoy ham shu pozitsiyada. NATOga a’zo davlatlar Germaniya va Turkiya hukumatlari e’tirozini yashirmay keladi.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton nazarida mojaroning yagona yechimi Qaddafiy iste’fosidir. Otishmani to’xtating, boshqaruvni xalqqa topshirish, deya undadi u.

Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda
Ittifoq qo’shinlari Liviyani havo va dengizdan nishonga olmoqda

Kampaniya hozirda AQSh, Fransiya va Britaniya bo’ynida.

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron boshqa davlatlar ham bo’yin qo’shmoqda, deydi.

Quvayt va Iordaniya transport bobida yordam va’da qilgan, deydi Kameron.

Fikrlar har xil ekan, NATO davlatlari harbiy missiya ijrosi, uning davomi borasida bahs qilmoqda.

Operatsiyaga bosh-qosh Qo’shma Shtatlar mas’uliyatni zudlikda boshqa davlat zimmasiga topshirishga shay.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG