Breaking News

London xurujida ayblanganlardan ikkisining shaxsi aniqlandi


Pokistonlik Xurram Shahzod Batt va marokashlik Rashid Rizvon
Pokistonlik Xurram Shahzod Batt va marokashlik Rashid Rizvon

Britaniya politsiyasi 3-iyun kuni Londondagi xurujga aloqadorlik gumoni bilan 12 odamni hibsga olgan. Politsiya xurujga qo'l urgan odamlar deya ko'rsatayotgan uch kishidan ikkisining shaxsi ham ma'lum qilindi.

Pokistonda tug'ilgan 27 yashar Xurram Shahzod Batt Britaniya fuqarosi bo'lib, politsiya diqqat markazida bo'lgan, ammo jiddiy tahdid deb ko'rilmagan edi.

"Bu xuruj sodir etilishi haqida razvedka ma'lumotlari yo'q edi", - deyiladi politsiya bayonotida.

Yetti kishining hayotiga zomin bo’lgan va salkam 50 odamni jarohat qilgan xurujni “Islomiy davlat” jangari to’dasi o’z bo’yniga olgan.

Uni amalga oshirishda ayblanayotgan yana bir odamning ismi Rashid Rizvon bo'lib, yoshi 30 da, marokashlik.

Ikkisi ham Londonning sharqiy qismida yashagan.

Britaniya rahbari Tereza Meyning aytishicha, qurbonlarning shaxsi aniqlanmoqda, ular turli elat vakillaridir.

AQSh Prezidenti Donald Tramp London meri Sodiq Xonning xavotirga o’rin yo’q degan gaplarini tanqid qilib, xavfsizlik bilan jiddiy shug’ullanishga da’vat etdi.

Sodiq Xon londonliklarni hushyor bo’lishga chaqirarkan, Londonni dunyodagi eng xavfsiz shaharlardan biri ekanini e’tirof etdi.

"Terrorchilar turmush tarzimizni izdan chiqarmoqchi, erkinliklarimizdan bahramand bo’lishimizga, shanba oqshomlari London markazida dam olib gurunglashishimizga halaqit bermoqchi, payshanba kuni bo’ladigan parlament saylovlarida ovoz berishimizga to’siq qo’yishmoqchi, ammo biz bunga yo’l qo’ymaymiz”, - dedi London hokimi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG