Breaking News

G'arbiy Afrika mamlakatlari Maliga sanksiya qo’ydi


Malida davlat to'ntarishiga bosh bo'lgan polkovnik Assimi Goyta
Malida davlat to'ntarishiga bosh bo'lgan polkovnik Assimi Goyta

Malini boshqarayotgan o’tish hukumati fevral oyida saylov o’tkazilmasligini bildirishi ketidan G’arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati bu mamlakatga sanksiyalar qo’ydi.

Xalqaro hayot – 8-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:41 0:00

O’tgan yil avgustida harbiylar Malida Prezident Ibrohim Bubakar Keytani hokimiyatdan ag’dargan edi.

EKOVAS tashkiloti davlat to’ntarishi ketidan sanksiya qo’ygan edi, biroq harbiy xunta 18 oyda demokratik boshqaruvni tiklashga va saylovni 27-fevralda o’tkazishga va’da berganidan so’ng jazo choralari bekor qilindi. Endi sanksiyalar qayta joriy etilmoqda.

Bu davr mobaynida xunta rahbari polkovnik Assimi Goyta muvaqqat prezidentni ishdan olib, uning o’rniga o’zini tayinladi.

Polkovnik isyonchi guruhlarning harbiy harakatlari tufayli saylov belgilangan muddatda o’tkazilmasligiga ishora qilgan.

Sanksiyalarga mintaqaviy tashkilotning Ganadagi sammitida kelishilib, xunta vakillariga regiondagi mamlakatlarga sayohat qilish taqiqlanadi, moliyaviy mulklari muzlatiladi.

G’arbiy Afrika ayni damda og’ir siyosiy jarayonlarni boshdan kechirmoqda. Xususan, sentabr oyida Gvineya Prezidenti Alfa Konde ham hokimiyatdan ag’darildi. EKOVAS Gvineyada muvaqqat ma’muriyat bilan aloqa qilish uchun ganalik diplomatni maxsus vakil etib tayinladi.

Muvaqqat prezident Mamadi Dumbuya saylov qachon o’tkazilishini hozircha ma’lum qilmadi. EKOVAS Gvineyada ham davlat to’ntarishiga aloqadorlarni qora ro’yxatga kiritgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG