Breaking News

Malida prezident iste'fo berdi, parlament tarqatildi


Prezident Ibrohim Bubakar Keyta, 7-noyabr, 2019-yilgi surat

Malida harbiy isyon oqibatida Prezident Ibrohim Bubakar Keyta iste’fo berib, parlamentni tarqatib yubordi. Mamlakat Tuareg qabilasining 2012-yildagi isyonidan beri o’ziga kelolmayotgan edi, endi esa siyosiy inqiroz yanada chuqurlashdi.

Xalqaro hayot – 19-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:09 0:00

75 yashar Keyta 2013-yilda hokimiyatga kelib, tinchlik, barqarorlik, korrupsiyaga qarshi kurashishni va’da qilgan edi.

2018-yilda u ikkinchi besh yillik muddatga saylandi, biroq muxolifat saylovdagi qonunbuzarliklarga ishora qilgan. Iyun oyidan beri mamlakatni namoyishlar qamrab oldi, muxolifat Keytani bergan va’dalarini bajarmaganlikda ayblab, iste’fosini talab qildi.

Koronavirus pandemiyasiga qaramay, mart oyida parlament saylovlari o’tkazildi, jihodchi guruhlar hujumlari kuchayib, muxolifat yetakchisi Sumaliya Sisse o’g’irlandi va haligacha daragi yo’q.

Bugun Yevropa Ittifoqi Sanoat komissari Tyerri Breton Malida yangi saylovlar o’tkazishga chaqirdi, Xitoy esa hokimiyatning kuch bilan yangilanishiga e’tiroz bildirdi.

15 mamlakatdan iborat G’arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati Malining tashkilotdagi a’zoligini muzlatib, bu mamlakat bilan chegaralarni yopdi.

Iqtisodiy blok harbiy to’ntarishlarga qarshi ekanini bildirib kelgan. Shu hafta uning vakillari Maliga borib, mamlakatni konstitutsion demokratiyaga qaytarish xususida muzokara qilishi kutilmoqda.

Fransiya va Niger iltimosiga ko’ra, BMT Xavfsizlik Kengashi Malidagi vaziyatni yopiq eshiklar ortida muhokama qildi.

To’ntarishga qo’l urgan harbiylar o’zini Xalqni qutqarish bo’yicha milliy qo’mita a’zolari deb atarkan, barqarorlikni ta’minlashga va saylovlarni nazorat qilishga so’z berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG