Breaking News

Malta O'rta dengizda 95 migrantni qutqardi


Malta harbiylari O’rta dengizda cho’kayotgan qayiqdan 95 migrantni qutqarib oldi. Voqea Liviyadan shimolda ro’y bergan. Migrantlar Malta poytaxti Valetta yonidagi harbiy bazaga yetkazilgan.

Ko’ngillilardan iborat bir tashkilot odamlar bilan haddan ziyod to’lgan qayiq ketayotgani haqida xabar bergan. Bir necha kun oldin ham patrul kemasi 63 migrantni qutqarib, ularni Maltaga yetkazgan edi.

Migrantlardan birida koronavirus aniqlanganidan so’ng guruh karantinga qo’yildi. Shimoliy Afrika, Yaqin Sharqdagi yo’qsillikdan Yevropaga qochish harakatida har yili minglab odam dengizdagi xavf-xatarga qaramay yo’lga chiqadi.

O’tgan hafta bir necha yuz migrant qayiqlarda Liviyadan Italiya janubidagi Lampedusa oroliga yetib borgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG