O'lik tilni qayta tiklayotgan qabila

  • Amerika Ovozi

Vompanoag tilini o'rganayotgan bolalar

Massachusetts shtatida to’rt asr oldin yevropalik kelgindilar bilan til topishib, ular bilan bir dasturxonda o’tirishga rozi bo’lgan tub aholining bugungi avlodlari yo’qolib ketgan ona tilini tiklash payida.

Bolalar markazida bir guruh go’daklar notanish tilda ibodat qilmoqda. Bu tilni biladiganlar juda oz, chunki u 170 yildan beri muomalada emas.

Ushbu markazda darslar aynan Vompanoag tilida o’qitiladi.

Vompanoagni qayta kashf etish harakati boshlanganiga 20 yildan oshdi. O’lik tilni tiriltirish juda uzoq vaqt talab qiladi.

"Progress bor. Bolalar cheklangan miqdorda bo’lsa-da, tilni o’rganayapti. Tili aynan shu tilda chiqayotgani naqadar ajoyib” ,- deydi Tiya Poknett.

Tilni tiklash jarayonida bolalar va yoshlar asosiy rol o’ynamoqda. Kattalarga ular ustozlik qilmoqda.

“Onam, otam, buvilarim, bobom va opam… Ular mendan o’rganayapti tilimizni”, - deydi Mikanis Tomas, o'quvchi.

Tashabbus boshida turgan odam - Jessi Beyrd. 1990-yillarda u nega ona tilini bilmaymiz, deya targ’ibot olib borgan. Lug’at va grammatik qo’llanma ishlab chiqqan. Vompanoag tilini tiklash uchun tarixiy manbalarga tayangan.

“Vompanoag aslida dunyoning bu tarafida birinchi bo’lib o’z alifbosi va imlosiga ega bo’lgan til. 1663-yilda Injil shu tilda nashr etilgan. Kembrij shahridagi mashhur bosmaxonadan chiqqan, bugun kunda u Garvard kutubxonasi nashriyotidir”, - deydi Beyrd.

AQShda 550 dan ortiq qabila hozirda o’z tilini tiklash bilan ovora. Aksariyatida ona tilini kattalar emas, bolalar biladi. Chunki tilni o’rganish jarayoniga yosh avlod jalb etiladi. Tilni bilgan kattalar kamida bir asr oldin yashab o’tgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG