Breaking News

Kongressmen Jeyms Makgovern Xitoydagi uyg'urlarning ayanchli holati haqida


Kongressmen Jeyms Makgovern
Kongressmen Jeyms Makgovern

Kongressmen Jeyms Makgovern:

Kongressmen Jeyms Makgovern Xitoydagi uyg'urlarning ayanchli holati haqida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

So’nggi bir yilda Xitoy ommaviy majburiy lagerlari tarmog’ini kengaytirgan. Bu lagerlarda bir million yoki undan ham ko’proq uyg’urlar va boshqa musulmon bo’lgan turkiy xalqlar saqlanmoqda. Ularni qiynoqqa solishadi, yakka holda saqlashadi, ular bilan siyosiy tashviqot olib boriladi, oziq-ovqatdan mahrum qilishadi.

Lagerga tushgan bolalarni esa yetimxonaga topshirishadi. Bunday muassasalarni yuritishda, aholini nazorat qilishda Xitoy hukumati ilg’or texnologiyalarga tayanmoqda.

Sun’iy yo’ldosh vositasida tushirilgan tasvirlar, guvohlik ko’rsatmalari va rasmiy hujjatlardan shunisi ma’lum bo’ldiki, Shinjonda lagerdagilarni oziq-ovqat, to’qimachilik va ishlab chiqarishga doir boshqa sohalarda majburiy ravishda ishlatishmoqda. Kiyim-kechak, gilam, ko’rpa-to’shak, qo’lqop, uyali telefonlar, kompyuterlar, poyabzal, choy – bularning hammasi majburiy mehnat mahsuli.

Amaldagi AQSh qonunlariga ko’ra, majburiy mehnat yordamida ishlangan mahsulotlarni import qilish taqiqlanadi. Shinjonda ishlayotgan yoki ta’minot tizimiga ega har qanday AQSh kompaniyasi yoki xalqaro firma majburiy mehnat va inson huquqlari buzlishiga aloqador bo’lishi mumkin.

AQSh uyg’ur xalqiga yordam berishda so’zsiz ko’proq harakat qilishi kerak. Aprel oyida senator Rubio, men va yana 40 dan oshiq qonunchi Shinjonda inson huquqlarining poymol etilishi va majburiy mehnatni qo’llashga aloqasi bor Xitoy rasmiylarini qora ro’yxatga qo’shdi.

Ayni damda Kongressda “Uyg’urlar va inson huquqlari siyosati” (The Uyghur Human Rights Policy Act) haqidagi qonun loyihasi va yana bir necha boshqa hujjat ishlab chiqilmoqda, jumladan, “Uyg’urlar masalasiga aralashish va global insonparvarlikka oid muammolarga bir ovozdan munosabat bildirish” (Uyghur Intervention and Global Humanitarian Unified Response Act) haqidagi qonun loyihasi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG