Breaking News

Nyu-Yorkda qizamiq kasalligi tarqalmoqda


Nyu-York shahar meri Billde Blazio aholini qizamiqqa qarshi emlanishga chaqirmoqda
Nyu-York shahar meri Billde Blazio aholini qizamiqqa qarshi emlanishga chaqirmoqda

Nyu-Yorkning dindor yahudiylar yashaydigan mahallasida qizamiq epidemiyasi vujudga kelishi ketidan Nyu-York shahar meri Bill de Blazio kasallik tarqalishining oldini olish va sog’lom odamlarni muhofaza qilish maqsadida Bruklin rayonining Uilyamsburg mahallasida yashovchi, ishlovchi va maktabga qatnovchi odamlar emlanishi kerakligini aytdi. Nafaqat qizamiqdan, balki qizilcha va tepki kasalliklaridan ham.

“Busiz epidemiyani to’xtatib bo’lmaydi. Odamlar vaksina foyda berishini anglashi kerak. U xavfsiz, samarali va vaqt sinovidan o’tgan”, - dedi hokim.

Emlanishdan bosh tortganlar yoki emlanganini isbotlay olmaganlar 1000 dollarlik jarimaga tortiladi.

O’tgan hafta Nyu-Yorkda 285 ta odamda qizamiq borligi aniqlandi. Bu mamlakat bo’ylab aniqlangan holatlarning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Kasallik tarqalishda davom etmoqda.

Qizamiq o’ta yuqumli bo’lib, kasallangan odam yo’talganda yoki aksa urganda havo orqali tarqaladi. Epidemiya emlanmagan odamlarning qizamiq keng tarqalgan Isroil, Ukraina, Filippin kabi mamlakatlarga sayohat qilishi natijasida yuz bergani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG