Breaking News

Meksika prezidenti Vashingtonda Bayden bilan uchrashdi


Oq uydagi uchrashuv
Oq uydagi uchrashuv

O’tgan oy Kaliforniyada AQSh mezbonlik qilgan Amerika qit’alari sammitini boykot qilgan Meksika Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador bugun Oq uyga tashrif buyurdi. Bu Obradorning so’nggi 8 oyda Prezident Jo Bayden bilan ikkinchi uchrashuvi.

Xalqaro hayot - 12-iyul, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:28 0:00

O’zaro savdo, migratsiya, iqlim o’zgarishi hamda xalqaro siyosatga oid mavzular muhokama qilinishi kutilgan.

“Rahbarlar Shimoliy Amerika kelajagi hamda Rossiyaning Ukrainadagi urushi kabi global muammolarni hal qilishga qaratilgan umumiy harakatlar xususida gaplashadi”, - deydi AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sullivan.

O’tgan oy Los-Anjelesdagi sammitga Obrador o’rniga Meksika tashqi ishlar vaziri borgan. Bunga anjumanga Kuba, Nikaragua va Venesuela rahbarlarining taklif etilmagani sabab bo’ldi. Meksika rahbari Oq uyning bu qaroridan norozi bo'lgan.

AQSh va Meksika qo’shni bo’lgani bilan ko’p mavzularda siyosatlari farq qiladi.

“Kelishmovchiliklarni ochiq muhokama qilgan to’g’ri bo’lardi”, - deydi vashingtonlik tahlilchi Rayan Berg.

Shunday mavzulardan biri Meksikaning Ukrainadagi urushni boshlagan Moskvani qoralamayotgani.

“Meksika-Rossiya aloqalari rivojlanibgina qolmay, Meksika prezidentining chiqishlarida Putin gaplarining isi kelmoqda. Bayden bilan uchrashuv chog’ida bu mavzuning ko’tarilishiga shubha yo’q. Meksikaning bu siyosati AQSh bilan munosabatlarda taranglikka sabab bo’layotgan omillardan biri”, - deydi Berg.

Migratsiya va inflyatsiya mavzulari ham uchrashuv kun tartibidan o’rin olgan.

“Obrador inflyatsiyani jilovlash, migratsiya masalalarida rejasi borligini, Bayden bilan bu rejani muhokama qilmoqchi ekanini aytib keladi. AQShning janubi-g’arbiy chegarasida so’nggi bir necha o’n yilda rekord miqdorda migrantlar qayd etilgan. Migrantlardan AQShga siyosiy boshpana uchun bergan arizasi javobini Meksikada kutishni talab qiluvchi siyosat bekor qilinishi ketidan ularning Amerika chegarasida yanada ko’payishi kutilmoqda. Chegaradagi vaziyatni tartibga solish uchun qo’shma rejaga kelishish ham Meksika, ham AQSh uchun muhimdir”, - deydi Vashingtondagi “Atlantika kengashi” tahlil markazidan Jeyson Marchak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG