Tramp Meksika bilan chegarada devor qurishga buyruq berdi

  • Amerika Ovozi

AQSh-Meksika chegarasi

Prezient Donald Trampning saylov kampaniyasi davrida bergan eng taniqli va'dalaridan biri muhojirlarning noqonuniy kirib kelishini to'sish uchun Meksika chegarasida devor qurish haqida edi. Bugun u mana shu qurilishlarni boshlash haqidagi farmonga imzo chekdi.

Tramp buni Ichki xavfsizlik vazirligiga qilgan tashrifi davomida amalga oshirgan.

Tramp ayni paytda qurilish xarajatlari Meksika hukumati zimmasiga yuklanishini aytgan. Unga ko'ra, devor qurilishini boshlash uchun AQSh byudjetidan mablag' ajratiladi, ammo keyinroq bu pul Meksikadan undirib olinadi. Meksika devor xarajatlarini zimmasiga olmasligini to'xtovsiz aytib keladi. AQSh prezidentiga ko'ra esa, to'lov qurilish uchun to'g'ridan to'g'ri emas, balki boshqa usullar orqali olinadi.

Trampning "ABC News" kanaliga aytishicha, devor qurilishi bir necha oy ichida boshlanadi.

Shuningdek, chegara hududlarida muhojirlarni saqlashga mo'ljallangan ko'proq markazlar qurilishi belgilangan. Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserning aytishicha, chegarani noqonuniy kesib o'tgan shaxslar shunday markazlarda saqlanadi va tez fursatda vatanlariga deportatsiya qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG