Breaking News

Liviya yaqinida migrantlar kemasi cho'kkan, yuzlab odamning daragi yo'q


Liviya sohillari yonida Yevropaga ketayotgan qariyb 700 migrant mingan kema ag'darilgan.
Liviya sohillari yonida Yevropaga ketayotgan qariyb 700 migrant mingan kema ag'darilgan.

Liviya sohillari yonida Yevropaga ketayotgan qariyb 700 migrant mingan kema ag'darilgan. Rasmiylarning aytishicha, 28 kishi qutqarib olindi, lekin yuzlab odam suvga g'arq bo'lgan bo'lishi mumkin.

Taxminlarga ko'ra, boshqa kema yaqinlashganida migrantlar yoppasiga qayiqning boshqa tarafiga o'tgan va shu payt muvozanatni yo'qotishgan.

Bir necha kishining jasadi Liviya sohillariga oqib chiqqani aytiladi.

Afrika va Yaqin Sharqdagi notinch nuqtalardan qochgan minglab odamlar Yevropa orzusi bilan mana shunday xavfli safarga chiqadi.

Bugungi halokatdan avvalgi hisoblarga ko'ra, joriy yilda ochlik, suvsizlik va boshqa sabablar bilan bunday muhojirlardan taxminan 500 nafari nobud bo'lgan.

Kunlar isigani sari yaqin oylarda bu kabi kemalar qatnovi oshishi kutilayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG