Breaking News

O'zbekiston, Tojikiston va Rossiya afg'on chegarasida harbiy mashg'ulot o'tkazadi


Tojikiston, O’zbekiston va Rossiya qo’shinlari Tojikistonning Afg’oniston bilan chegaradosh Xabr-maydon poligonida 5 kun davomida qo’shma harbiy mashqlar o’tkazadi. Mashg’ulotlarda tashqi tahdidni bartaraf etish mashq qilinadi.

Xalqaro hayot – 2-avgust, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:49 0:00

O’zbekistonlik 200 askar va ofitser, ikkita Mi-35 vertolyotlari hamrohligida 200 kilometrlik masofani bosib o’tib, harbiy texnikada Termizdan qo’shni respublika hudidiga o’tgan. 5-avgust kuni boshlanadigan mashg’ulotlarda ikki ming askar, artilleriya, aviatsiya va boshqa harbiy texnika qatnashadi.

Afg’onistondagi siyosiy vaziyatdan hamda Tolibon harakatining hukumat pozitsiyalariga hujumlaridan xavotirga tushgan mamlakatlar chegara xavfsizligi va harbiy sohadagi o’zaro hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqda.

Bu o'rtada Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’anining aytishicha, AQShning o’z qo’shinlarini Afg’onistondan chiqarish qarori xavfsizlikning yomonlashishiga sabab bo’ldi. G’ani olti oyda vaziyatni nazoratga olish rejasi haqida so’zladi.

So’nggi bir necha kunda toliblar uch viloyat markazlariga hujum qildi. AQSh va xalqaro koalitsiya askarlari 11-sentabrgacha Afg’onistonni butunlay tark etishi kutilmoqda.

G’aniga ko’ra, Qo’shma Shtatlar uning xavfsizlik rejasini o’rganib chiqib, ma’qullagan. Vaziyatni nazoratga olmas ekanmiz, toliblar tinchlik muzokaralariga ko’nmaydi, dedi u.

Afg’oniston hukumati va Tolibon o’rtasidagi muloqot o’tgan yili Qatarda boshlanib, bir necha davradan so’ng to’xtab qoldi

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG