Breaking News

Fransiya-Rossiya harbiy shartnomasi ayrim davlatlarni xavotirga solmoqda


Mistral harbiy kemasi
Mistral harbiy kemasi

Fransiya va Rossiya bir necha oy muzokara qilib, Mistral harbiy kemalari savdosiga kelishib oldi. Bunday kema harbiy vertolyotlar tashishga moslashgan bo'lib, bir necha million dollar turadi.

Fransiyaning Rossiyaga ikki harbiy kema sotishi haqidagi xabarlar Yevropada ayrim mamlakatlar xavotiriga sabab bo'lmoqda. Shu paytgacha NATOga a'zo davlat Rossiya bilan bu ko'lamda harbiy sohada savdo qilmagani ta'kidlanadi.

Fransiya va Rossiya bir necha oy muzokara qilib, Mistral harbiy kemalari savdosiga kelishib oldi. Bunday kema harbiy vertolyotlar tashishga moslashgan bo'lib, bir necha million dollar turadi.

Fransiya hukumati bitimdan ko'ngli to'q. Yuzlab yangi ish o'rinlari yaratiladi, mamlakat iqtisodiyotiga yordam bo'ladi. Fransiya ikkita kemani o'zida, yana ikkitasini Rossiyada qurib berish majburiyatini olgan.

Biroq Qo'shma Shtatlar va Boltiq davlatlari bu kelishuvdan norozi. Masalan, Litva Mudofaa vazirligi bitimni katta xato degan. NATOga a'zo bo'lishga intilayotgan Gruziya ham xavotirda.

Parijlik mutaxassislar fikricha, bu davlatlar kelajakka emas, ortga qarab shunday xulosa qilmoqda.

Tahlilchi Pyer Konesaning aytishicha, bu davlatlarning Rossiya bilan o'tmishi ijobiy bo'lmagan.

"Fransiyaning Rossiya bilan munosabatlari tarixi o'zgachadir. Bu mamlakat bilan do'stona aloqa qilish uchun Moskvaga hamkor sifatida qarash kerak", - deydi u.

Konesaning aytishicha, so'nggi paytda Rossiya-NATO munosabatlari ancha yaxshilangan.

"Tomonlar raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi borasida hamkorlik qilmoqchi", - deydi mutaxassis.

Fransiya-Rossiya kelishuvi Boltiq bo'yi davlatlarini xavotirga solgani bilan, deydi Konesa, harbiy kemalar Boltiq dengizidan ancha uzoqda, Tinch okeaniga safarbar etilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG