Xorijlik talabalardan AQShga 33 milliard dollar daromad

  • Amerika Ovozi

Bruklin kolleji, Nyu-York

O'tgan besh yil mobaynida chet elda o'qiyotgan amerikaliklar va Amerikaga ilm izlab kelayotgan xorijliklar ko'paygan. Amerika Ta'lim Kengashi bu borada ma'lum qildi.

AQShdagi 1100 kollej va universitetni o'rgangan tashkilotga ko'ra, ularning har birida xalqaro hamkorlik kengaygan.

Kampuslar etnik va madaniy jihatdan boy bo'lish harakatida. O'zlarini dunyo bo'ylab reklama qilmoqda. Chet ellik yoshlarga stipendiyalar taklif qilmoqda. Moliyaviy jihatdan qurbi yetadigan yoshlarni qabul qilib, daromadini oshirmoqda.

2015-2016 o'quv yilida AQShda chet eldan 1 million talaba bo'lgan. 328 ming nafari Xitoydan, 165 ming student esa Hindistondan bo'lgan. Qolganlar boshqa davlatlardan. Masalan, Saudiya Arabistonidan 61 ming, Janubiy Koreyadan 61 ming.

O'tgan ikki yil ichida Kanada, Tayvan, Yaponiya, Meksika, Eron, Britaniya, Turkiya, Nigeriya, Germaniya, Quvayt, Nepal, Fransiya, Indoneziya, Venesuela, Gonkong, Malayziya, Kolumbiya, Tailand va Ispaniyadan ham o'nlab ming talaba bilim olgan.

Bu davrda 310 ming amerikalik xorijda o'qigan, aksariyati yozgi programmalarda. 34 foizi esa butun o'quv yilini xorijda o'tkazgan. Ularning yarmi Yevropada bo'lgan. 16 foizi Lotin Amerikasi, 11 foizi esa Osiyoda.

Amerika universitetlari o'z mutaxassis va boshqaruvchilarini ham dunyoning turli burchaklarida o'qitib, ularning malakasini oshirishga kirishgan. Tajriba almashishga qiziqish katta. AQSh oliygohlari doimiy ravishda yangi sheriklar va hamkorlar izlamoqda.

Bir paytning o'zida Amerika va chet eldagi universitetlardan diplom olayotganlar ham ko'payib bormoqda.

2015-yilda xorijlik talabalar AQSh oliygohlariga qariyb 33 milliard dollar daromad keltirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG