Breaking News

Moskva otellari tibbiyot xodimlariga bepul xizmat taklif etyapti


Radisson Slavyanskaya oteli, Moskva

Moskva shahridagi ko’plab mehmonxonalar koronavirus bemorlari bilan ishlayotgan shifokorlar va hamshiralarni bepul xona bilan ta’minlamoqda.

Radisson Slavyanskaya ana shunday otellardan bo’lib, oilasi a’zolariga virus yuqtirmaslik uchun alohida turmoqchi bo’lgan tibbiy xizmatchilar uchun 421 ta xona ajratilgan.

Bepul xonadan tashqari bir kunda ikki mahal bepul ovqat ham berilyapti.

Mehmonxona xodimlari salomatligini ta’minlash va tibbiy xizmatchilar bilan aloqasini kamaytirish uchun maxsus preventiv choralar ko’rilyapti.

Xodimlar himoya vositalari bilan ta’minlangan, ijtimoiy masofani saqlash qoidasi amalda.

Otel xizmatchilari va mehmonlarga mehmonxonaga alohida eshikdan kirish va boshqa eskalatorlardan foydalanish buyurilgan.

“Shifokorlar va tibbiy personal boshqa eshikdan kiryapti. Xodimlar va mehmonlar bilan deyarli to’qnashishmaydi. Otel yaxshilab dezinfeksiyalanadi”, - deydi otelni yurituvchi kompaniya vakili (Aleksey Sotskov).

Tez yordam xodimi Svetlana Pugacheva shu kunlarda oilasidan alohida turish maqsadida otelda yashash imkoniyatidan foydalanishga qaror qildi.

“Oilamni infeksiyadan saqlamoqchiman, chunki og’ir kasallar bilan ishlashga to’g’ri kelyapti. Qay birimiz va qachon virus yuqtirishimizni bilmaymiz”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG