Breaking News

23 ta nabirani katta qilayotgan musullik ayol


Musul

61 yashar Sana Ibrohim Iroqning Musul shahrida 23 ta nabirani yolg’iz o’zi voyaga yetkazmoqda. “Islomiy davlat” jangari to’dasi uning ikki o’g’lini o’ldirib ketgan. Yana bir o’g’li va ikki qizi esa Musul uchun janglarda nobud bo’lgan.

23 ta nabirani katta qilayotgan musullik ayol
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:25 0:00

“Daishni va ularni boshimizga solganlarni jazolash yolg’iz Allohning qo’lida. Daish hayotimizni barbod qildi. Ming la’nat ularga”, - deydi kurd millatiga mansub onaxon.

Nabiralarni katta qilish osonmas, ammo mehribon insonlar yordam berib turibdi. 23 nabiraning buvasi Mufaq Ibrohim 71 yoshda, Alsgeymer kasaliga uchragan.

Jangarilar shahardan quvilganiga bir yildan oshgan bo’lsa-da, farzandlarining jasadlari hanuz topilgani yo’q.

Mahalliy hukumat qidiruv ishlarida yordam bermoqda.

“Jangarilar odamlarni o’ldirib, jasadlarini suvga tashlaydi, yoqadi yoki ommaviy qabrlarga ko’mib tashlaydi, oilalariga hech qachon qaytarishmagan”, - deydi Sana Ibrohim.

Iroq askarlari Musulni “Islomiy davlat”dan 2017-yil iyulida tortib olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG