Breaking News

Pokistonda sud sobiq prezidentni o'limga mahkum etdi


Parvez Musharraf Pokistonni 2001-2008-yillarda boshqargan

Pokistonda maxsus sud sobiq prezident Parvez Musharrafni davlatga xiyonatda aybdor topib, o’limga mahkum etdi. Ayni paytda Dubayda davolanayotgan sobiq general hokimiyatga 1999-yilda harbiy to’ntarish oqibatida kelgan.

2009-yilda sud Musharraf 2007-yilda favqulodda holat e’lon qilganini noqonuniy deb topgan. 2014-yilda sobiq davlat rahbariga qarshi ayblov qo’yilganidan beri uning ishi turli sudlarda ko’rildi. 2016-yilda unga tibbiy muolaja uchun xorijga chiqishga ruxsat berildi. Ayrimlar harbiylar hukumatga bosim qo’yganini aytmoqda.

Sud Musharrafdan Pokistonga qaytib, guvohlik berishni bir necha bor so’ragan, biroq u sog’lig’i joyida emasligiga ishora qilib, vataniga qaytib bormadi. Oy boshida Dubaydagi kasalxonadan turib bayonot bergan Musharraf adliya tizimiga ishonmasligini aytgan.Pokistondagi yirik muxolif partiyalar sud hukmini olqishlab, kelajakda davlat to’ntarishlariga qalqon bo’lishini aytmoqda.

Muxolifatdagi Pokiston xalq partiyasi yetakchisi, 2007-yilda o’ldirilgan bosh vazira Benazir Bxutto va sobiq prezident Osif Ali Zardariyning o’g’li Bilaval Bxutto Zardariy sud hukmini izohlarkan, “demokratiya – eng yaxshi intiqom” deb yozdi.

Hukumatning hukm yuzasidan rasmiy bayonoti ma’lum emas, biroq ayrim siyosatchilar nazarida, sud qarori mamlakatni bo’lib qo’yishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG