Breaking News

Britaniyalik aktyor musulmonlarning kinodagi obrazini yaxshilamoqchi


Riz Ahmad "Oskat" taqdimot marosimida
Riz Ahmad "Oskat" taqdimot marosimida

Britaniyalik aktyor va reper Riz Ahmad musulmonlarning badiiy filmlardagi qiyofasini yaxshilashga qaratilgan tashabbusga qo’l urdi. So’nggi izlanish natijasidan ma’lum bo’lishicha, musulmonlarni filmlarda kam ko’rsatishadi, ammo ko’rsatganda ham, asosan, salbiy obrazda.

Xalqaro hayot – 11-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:10 0:00

“Temir tovushi” (Sound of Metal) filmining qahramoni, “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga nomzodi ko’rsatilgan ilk musulmon Riz Ahmadning aytishicha, uning tashabbusi kino sohasida ish boshlayotgan musulmon ijodkorlarni moliyaviy rag’batlantirish va maslahat bilan ta’minlashni ko’zlaydi.

"Musulmonlarning kinodagi obrazi asosida siyosatlar shakllanmoqda, odamlar o’lmoqda, mamlakatlar bosib olinmoqda”, - deydi aktyor.

Janubiy Kaliforniya universiteti o’tkazgan izlanish natijasiga ko’ra, AQSh, Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiyada 2017-2019-yillarda ishlangan kassa filmlarining 10 foizidan kamida hech bo’lmaganda bir dona musulmon personaj bo’lgan, u ham bo’lsa begona, tahdidli, tobe obrazida ko’rsatilgan. Musulmon obrazlarning uchdan biri odatda zo’ravonlikka qo’l urgan odam sifatida, yarmidan ko’pi esa zo’ravonlik qurboni sifatida tasvirlanadi.

"Musulmonlar dunyoning turli chekkalarida yashashadi, ammo tomoshabinga bu jamoaning faqat tor obrazini ko’rsatishadi. Ularni hayotdagidek tadbirkor, do’st, yaxshi qo’shni qilib ko’rsatishmaydi”, - deydi 38 yashar aktyor.

Riz Ahmad Londonda tug’ilgan bo’lsa-da, ota-onasi pokistonlik. Uning aytishicha, musulmon ijodkorlarga yordam berish orqali kino va televideniye sohasida musulmon aktyorlar, prodyuserlar, ssenaristlarni ko’paytirish mumkin.

"Stipendiya va xayriya berishmaganida aktyorlik maktabida o’qimagan bo’lardim”, - deydi u.

Riz Ahmad boshqa musulmon aktyorlar bilan birga tashkil etgan tashabbus yosh musulmon ijodkorlarga 25 ming dollarlik stipendiya berishni ko’zlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG