Myanmada davlat to’ntarishiga qarshi minglab aholi qatorasiga uchinchi kun ko’chaga chiqib namoyish qilmoqda. Namoyishlar poytaxt Neypido va moliya markazi Rangunda hamda ko’plab boshqa shaharlarda bo’lib o’tmoqda. Politsiya ularni tarqatish uchun suvni ishga soldi, namoyishlar tinmasa, qurolni qo’llashi haqida ogohlantirdi.
Omma hokimiyatning harbiylar qo’liga o’tganidan, davlat rahbari Au San Su Chining hibsga olinishidan norozi.
“Saylovda g’alaba qozongan “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasining hibsga olingan barcha vakillari ozod etilishini talab qilamiz”, - deydi namoyishchilardan biri.
Harbiylar o’tgan yil noyabridagi parlament saylovlarida ovozlar ommaviy ravishda soxtalashtirilgan deya, saylov natijalarini tan olishdan bosh tortmoqda, bir yilga favqulodda holat e’lon qilib, yangi hukumat tayinlagan.
“Harbiy to’ntarish demokratiyamiz va inson huquqlariga ziddir, xalq irodasini toptamoqda. Saylov natijasi qoldirilishini talab qilyapmiz”, - deydi yana bir namoyishchi.
Biroq harbiylar davlat to'ntarishi konstitutsion asosda amalga oshirilganini bildirmoqda.
Facebook Forum