Breaking News

Armaniston va Ozarbayjon bir-birini sulhni buzganlikda ayblamoqda


Rasmiy Boku armanlar Ozarbayjonning Ganja shahriga ballistik raketa otganini bildirmoqda

Ozarbayjon va Armaniston o’tgan hafta Moskvada erishilgan gumanitar sulhni buzganlikda bir-birini ayblamoqda. Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Rossiya vositachiligida harbiy harakatlarni to’xtatishga hamda asirlar va halok bo’lganlarning jasadlarini almashishga kelishganiga qaramay, bir kun o’tib o’qlar yana yog’ila boshlagan.

Xalqaro hayot – 12-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:22 0:00

Ozarbayjon Armanistonni aholi punktlarini nishonga olganlikda aybladi. Xususan mamlakatning ikkinchi yirik shahri Ganja o’qqa tutilib, to’qqiz fuqaroning o’lgani, 34 nafarining yaralangani aytilmoqda. Ganja Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning ona shahri hisoblanadi.

“Sulh davomiy bo’ladi deb o’ylagandik. Akam uyimizda bir hafta yashadi. Sulh haqida eshitib, uyga qaytishga qaror qilgandi”, - deydi Vasila Mehmedova ismli ganjalik.

U tunda akasining uyi vayron bo’lganini, uning xotini va farzandi jarohat olganini aytadi.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi Mingachevir shahrining ham hujumga uchraganini bildirdi.

Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmaydigan va armanlar yashovchi Tog’li Qorabog’ harbiy ma’muriyati qo’shni mamlakat ayblovlarini inkor etarkan, Ozarbayjon bahsli hudud poytaxti Stepanakert va boshqa shaharlarni nishonga olganini da’vo qilmoqda.

"Agar kelasi 1-2 kun ichida Ozarbayjonning masalani tinch yo’l bilan hal qilishga hozirligini ko’rmasak, Armanistondan, so’ng xalqaro hamjamiyatdan Qorabog’ mustaqilligini tan olishni so’rayman”, - dedi Tog’li Qorabog’ rahbari Araik Arutyunyan.

Harbiy harakatlar 27-sentabr kuni boshlangan. Shundan beri ixtilofda yuzlab odam halok bo’lgan.

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Zohrab Mnatsakanyan bugun Moskvada rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Lavrov mojaro tez orada hal bo’lishiga umid bildirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG