Breaking News

Siyosiy arboblar Tog'li Qorabog' xususida tortishmoqda


Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’anning aytishicha, Minsk guruhi hamraislari Tog’li Qorabog’ yechimini paysalga solmoqda. Erdog’an Armaniston bosib olingan yerlarni Ozarbayjonga qaytarsa, muammo hal bo’lishini bildirmoqda.

Xalqaro hayot – 14-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:14 0:00

Turkiya Minsk guruhining a’zolaridan biri bo’lib, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida vositachi sifatida tashkil etilgan tuzilmaga AQSh, Fransiya va Rossiya raislik qiladi.

“Agar dunyoda demokratiya va inson huquqlari bo’lsa, muammoni hal etish uchun 30 yildan beri guruhga raislik qilayotgan bo’lsangiz, masalani paysalga solmang. Muzokaralarni tugatib, hududlarni o’z egalariga qaytaring”, - dedi Erdog’an.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyani muzokara jarayoniga qo’shishga chaqirmoqda.

“Tortishuvga barham berishni istasak, tinchlik o’rnatilishidan manfaatdor mamlakatlarni jarayonga jalb qilishimiz kerak. Qardosh Turkiyani ana shunday mamlakat deb bilamiz”, - dedi u.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Rossiya Turkiyanining ixtilofni tugatishga doir qarashlariga qo’shilmaydi.

“Turkiya va Prezident Aliyev bir necha bor bildirgan pozitsiyaga qo’shilmaymiz. Mojaroni harbiy yo’l bilan hal qilish bayonotlarini qabul qila olmaymiz”, - dedi u.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Turkiya va Ozarbayjonni sulhni buzganlikda ayblamoqda.

“Ozarbayjon sulh haqidagi bitimga bir soniya ham amal qilmadi, haligacha hujumlarini davom ettirmoqda, bu bilan sulh ijrosi nazoratiga halaqit bermoqda. Ozarbayjon Tog’li-Qorabog’ni istilo qilish siyosatini davom ettirmoqda”, - dedi Pashinyan.

Armaniston mojaroda Turkiya harbiy samolyotlari hamda suriyalik isyonchilar ishtirok etayotganini da’vo qiladi.

“Nega hech kim Minsk guruhiga a’zo mamlakatlarning Armanistonga yordami haqida gapirmayapti? Nega Rossiya, Fransiya Armanistonga bergan qurollar haqida hech kim miq etmayapti? Ammo negadir Ozarbayjonni suriyalik isyonchilarni jalb qilayotganlikda ayblashyapti. Isyonchilarning o’z vatanida ishi oshib-toshib yotibdi. Kavkazga bormaydi ular”, - dedi Erdog’an.

Rasmiy Boku Armanistonni gaz va neft quvurlarini nishonga olishga harakat qilayotganlikda ayblab, keskin javob qaytarilishi haqida ogohlantirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG