Breaking News

Tog'li Qorabog' armanlari yangi voqelikka moslashmoqda


Arxiv surat

Armaniston va Ozarbayjon o’rtasida Tog’li Qorabog’ uchun eng so’nggi urush ketidan hududning arman aholisi yangi voqelikka moslashishga urinmoqda.

Xalqaro hayot – 12-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:41 0:00

Ozarbayjonga topshirilgan rayonlardan chiqishdan oldin ular o’z uylariga o’t qo’ygan. Ba’zilari so’ng Armaniston poytaxti Yerevanga yo’l olgan. Rossiya vositachiligida sulh imzolanishi ketidan Tog’li Qorabog’ning armanlar qo’lida qolgan hududlarga qaytgan aholi qishloqlarini qayta qurmoqda.

“Armanistondan kelib, uylarni qayta qurishga yordam beryapman. Har kuni ko’plab odamlar yordamga kelyapti”, - deydi Garik ismli ko’ngilli quruvchi.

Tog’ bag’rida joylashgan qishloqlar va atrofdagi hududlar portlamay qolgan bombalardan tozalanmoqda. Mojaro natijasida vujudga kelgan yangi chegarani va sulh shartlari ijrosini rossiyalik tinchlikparvar kuchlar nazorat etmoqda.

“Bu ozari harbiylargacha bo’lgan eng qisqa yo’ldir – 40 metr. Bu yo’ldan faqat rossiyalik askarlar o’ta oladi. Ular shu yerda harakatlanadi. Mojaro yuz bersa, yordam beradi. Ammo sulh imzolanganidan beri vaziyat ancha tinch”, - deydi David ismli armanistonlik askar.

Urush o’lka iqtisodiyotiga zarar yetkazdi, har ikki tomondan minglab odam o’ldi, o’n minglab odam uysiz qoldi. Ularni uy bilan ta’minlash – ustuvor vazifa.

“Uy-joy muammosini hal qilish uchun favqulodda uylar quryapmiz. Rossiya ham 1200 ta uy qurib berdi”, - deydi Tog’li Qorabog’ning arman parlamenti spikeri Artur Tovmasyan.

Ozarbayjon va Armaniston sulhga amal qilmoqda, ammo hal bo’lmagan ko’p masalalar mavjud. Oddiy odamlar uchun muhimi tinchlik, biroq ayrimlar ixtilof jonlanishidan xavotirda.

“Qorabog’ xalqi tinchliksevardir. Ammo zarur bo’lsa, belkurakni miltiqqa, traktorni tankka aylantirishimiz mumkin”, - deydi Tovmasyan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG